Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta'sis shartnomasi asosida,
shuningdek, bir vaqtning o‘zida Nizom va ta'sis shartnomasiga asosan faoliyat
yuritish hollari mavjud.
Korxona Nizomi asosiy ta'sis hujjati bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg‘armasining miqdori,
daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil
qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko‘rsatilishi shart.
Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va
majburiyatilarini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: