Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
korxona iqtisodiyoti

 


KIRISH 
 
Hozirgi kunda respublika ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon 
talablari bilan uyg’unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis 
kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi islohotlar talablari bilan 
chambarchas bog’langan bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat
ta’lim standartlari asosida ta’lim asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy 
tuzilmalarini takomillashtirib boorish oldimizda turgan dolzarb masalalardan 
biridir. 
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilda mo’ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining Majlisidagi Ma’ruzasida ta’kidlab o’tganlaridek: “2016-yilda 
Iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish , modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va 
xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir”
1
bu hozirgi 
kunda oliy o’quv yurtlari zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. 
Zamonaviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni 
amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi va o’z tanlagan sohasi bo’yicha haqiqiy 
bilimdon bo’lishi lozim. Jumladan, bozor iqtisodiyotida samarali faoliyat ko’rsata 
oladigan va inqirozga qarshi boshqaruv ko’nikmalarini chuqur egallagan 
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash O’zbekistonning buyuk kelejak sari dadil 
odimlarini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan biri 
sanaladi. Bu oliy maqsadga erishish talabalardan o’z ustida tinmay ishlashni,
nazariy va amaliy bilimlarni doimiy ravishda boyitib borishni, ishlab chiqarish 
iqtisodiyotini, uni oqilona tashkil etish va boshqarish ko’nikmalarini chuqur 
o’zlashtirishni talab qiladi. 
Ushbu uslubiy qo’llanma talabalar uchun amaliy mashg’ulotlarni bajarishga 
mo’ljallangan bo’lib, unda amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun qo’yiladigan 
talablar va kerakli ma’lumotlar bayon etilgan. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin