Mavzu: “KORXONA IQTISODIYOTI” KURSINING MAZMUNI VA
VAZIFASI
«Korxona iqtisodiyoti» - aholi va xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan
mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy
va ma'muriy-xo‘jalik mexanizmlarini o‘rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U
tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida
rivojlanishining
obyektiv qonunlari namoyon bo‘lishi va amal qilishiga,
shuningdek,
korxonalar
faoliyatiga bevosita va bilvosita ta'sir ko‘rsatuvchi davlat miqyosida qabul
qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi.
Iqtisodiyot – bu odamlar jamiyati, muayyan,
cheklangan resurslardan
foydalanib, kerakli mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqish, odamlar guruhlari
o‘rtasida taqsimotiga aytiladi.
Korxona iqtisodiyoti - qanday yuqorida keltirilgan
vazifa ayrim korxona
chegarisida hal etilishi haqidagi fan.
Mazkur fanning
tadqiqotlariobyekti bu kichik, o‘rta
va yirik korxonalar
bo‘lib, ular turli mulk shakliga ega bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasining
“Korxonalar to‘g‘risida” gi qonuni asosida tashkil qilinadi. Hozirgi kunda iqtisodiy
faoliyatning, moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi
hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og‘irligi aynan
korxonalar “yelkasi” ga yuklatilmoqda.
Korxona iqtisodiyotning bir bo‘g‘ini bo‘lib, unda eng malakali kadrlar
mujassamlangan hamda samarali boshqaruv - menedjment qo‘llanib, resurslardan
oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish
masalalari hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat
ko‘rsatkichlarini
saqlagan
holda
xarajatlarni
minimallashtirish
va
daromad(foyda)ni maksimallashtirish deyarli har bir
korxonaning asosiy vazifasi
hisoblanadi.
Fanning
predmeti
bozor
munosabatlari
sharoitlarida
korxonalar
faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini, korxonalar faoliyatida iqtisodiy
qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini, shuningdek, ularning ishlab chiqarish va
xo‘jalik faoliyati samaradorligini reurslardan oqilona foydalanish,
ratsional
boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida oshirish yo‘llarini aniqlash
bilan ifodalanadi.
Korxona iqtisodiyoti kursining
o‘rganish predmeti –
korxonaning tijorat
tashkiloti sifatidagi mohiyati asosiy ishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag‘lari,
ishchi kuchi, investitsiyalarning o‘zaro bog‘lanishi, o‘zaro harakati va ulardan
foydalanishni yaxshilash yo‘llarini o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: