Konsorsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida,
yirik kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag‘ni birgalikda
joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi.
Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro
hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda
birlashuvga kiruvchi sub'ektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar.
Korporatsiyalarumumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat
yuritish maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy sub'ekt - huquqiy shaxsni tashkil
qiluvchi shaxslar yig‘indisini tavsiflaydi. Ko‘pincha ular aksiyadorlik (hissadorlik)
jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi.
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding
va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar,
tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga
asoslanib faoliyat yuritadi.
Sindikat – tijorat faoliyatini (ta'minot, sotish, narxning paydo bo‘lishi)
hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi
korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar.
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning
tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini
yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va
muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor
ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini
ifodalaydi.