14 Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:boshlang`ich
qiymat bo`yicha, tiklanish qiymati bo`yicha, qoldiq qiymati bo`yicha
15 Qoldiq qiymati-asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun
sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo`lib, asosiy fondlar yoki
ularning alohida qismkarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga
keltirish bilan bog`liq bo`lgan ularni keltirish, o`rnatish kabi xarajatlarni
hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat
Mavzu: KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari
(asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag‘larga ham ega
bo‘lishlari zarur. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va
muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat.
Aylanma mablag‘lar, qoidaga ko‘ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul
ko‘rinishida jamg‘ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag‘lari asosiy
fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog‘liq.
Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko‘p
bo‘lsa, aylanma mablag‘lar shunchalik ko‘p talab qilinadi. Aylanma mablag‘lar
ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta'minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
Aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo‘lib,
uning qiymati ishlab chiqarishning har bir siklida ishlab chiqarilgan mahsulotga
o‘tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so‘ng korxonaga qaytariladi. Aylanma
kapital ko‘pincha korxonaning pul mablag‘lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish
jarayonida pul mablag‘lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga
kiritiladi. Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala
fondlariga taqsimlanadi.