16. Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi quyidagi o‘zgarishlardan qaysi biri uzoq muddatli davrga tegishli? A. yangi quvvatlarni ishga tushirish
B. uchinchi ish smenasi joriy qilish
C. qo‘shimcha ishchilarni yollash
D. qo‘shimcha xom-ashyo va materiallarni sotib olish
17. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmay qolganda foydani qanday o‘stirish mumkin? A. ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, mahsulot bahosini
oshirish hisobiga
B. ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga
C. mahsulot bahosini oshirish hisobiga
D. qo‘shimcha resurslarni jalb qilish hisobiga
18. Korxona foydasi qachon o‘zining eng yuqori darajasiga yetadi? A. iqtisodiy xarajatlar tejalganda
B. ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanganda
C. mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib borganda
D. eng oxirgi mahsulot bahosi unga qilingan xarajatlarga teng bo‘lganda
19. Korxonada ishlab chiqarish hajmi kengayib borishi bilan qaysi omil mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o‘rtacha xarajatlar pasayishi ta'sir ko‘rsatadi? A. mehnatning ixtisoslashuvi
B. boshqarishning ixtisoslashuvi
C. resurslardan samarali foydalanish
D. ko‘shimcha mahsulot turlarini ishlab chiqarish
20. Quyidagilardan qaysi biri korxona uchun tashqi xarajatlar hisoblanadi? A. ishchi kuchini yollash xarajatlari, renta, foiz to’lovlari
B. bino va inshootlar amortizatsiyasi
C. boshqaruvchilar maoshi
D. mashina va uskunalarni joriy remont qilish xarajatlari