Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93
korxona iqtisodiyoti

 
 
 
Mavzu: KORXONANING INVESTITSION FAOLIYATI 
Investitsiyalar

korxonalar va xalq xo‘jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish 
korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika 
va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad)
olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. 
Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi 
nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste'mol bozorini ta'minlashda alohida 
e'tiborga ega. 


Kapital qo‘yilmalarasosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirish uchun 
sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o‘zida 
amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki 
mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar
maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari 
(komandirovka) xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas. 
Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar 
sotib olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob 
raqamlariga qo‘yish bilan ifodalanadi. 
Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni 
rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, 
tarmoq va butun xalq xo‘jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi. 
Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini 
aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi. 
Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar: 

ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari 
natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari; 

foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi; 

sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa 
hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar; 

korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi 
mablag‘lar; 

yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida 
ajratiluvchi mablag‘lar; 

xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar. 
Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar: 

markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli 
xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar; 

korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va 
nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida 
shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy 
investitsiyalar; 

davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi 
kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar. 
Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tanqisligi sharoitida lizing 
investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin