Alixonto'ra Sog'uniy Sohibqiron Amir Temur nomini nihoyatda ulug' hurmat-ehtirom bilan tilga
oladi: "... bu jahon qahramoni, islom olamining ulug' qo'mondoni,
butkul turk ulusining
faxrlanarlik buyuk sultoni, Qur'ondagi "Allohga va uning payg'ambari
Muhammadga va ham
o'zlaringdan bo'lgan podshohlarga itoat qilinglar", degan Alloh hukmicha, Turkiston
va boshqa
bo'ysung'an mamlakatlarga haqiqiy sha'riy va qonuniy podshoh ekanligi shak-shubhasizdir".
Alixonto'ra Sog'uniy Amir Temur qo'llanmasini zo'r hurmat va ehtiros bilan tarjima qilar ekan,
asarni aytib turib ko'chirtirish jarayonida Temurning hayratomuz fikr va iboralaridan ta'sirlanib,
goho
sukut saqlar, goho ho'ng-ho'ng yig'lashlari atrofdagilarga ta'sir qilmay qolmasdi.
Boshqa bir safar Alixonto'ra Amir Temurning o'z askarlarini Kaspiy dengizi sohilida safga tizib,
u boshidan bu boshiga otliq ertadan kech peshingacha yurib o'tganini hikoya qilar ekan,
Sohibqiron sarkardalari to'pida hazrat Sog'uniy ham bo'lgandek, jonli tasavvur uyg'otgan edi.
Bularning barisi Sog'uniyning buyuk Sohibqiron shaxsiga bo'lgan ulkan hurmati mevalari edi.
Alixonto'ra Sog'uniy "Tuzuklar" haqida shunday yozadilar: "Amir
Temur yigirma yetti
poytaxtli yerni o'ziga bo'yinsundirib, shunchalik ko'p turlik tashvishlar ichida yashab
turganiga qaramay, yana bu kitobni o'zi yozib, bizga esdalik qoldirmishdir". Biz esa,
hazrat
Sog'uniy haqida shunday yozishga burchlimiz: "Alixonto'ra Sog'uniy nuroniy keksaligiga
qaramasdan,
tahlikali, mustabid tuzum tazyiqlarini pisand etmasdan, o'zlarining sog'lig'i va
xavfsizliklarini o'ylamay, bu kitobni tarjima qilib va yana "Tarixi Muhammadiy", "Turkiston
qayg'usi" kabi
bebaho kitoblarni yozib, bizga esdalik qoldirmishdir".
Istibdod davrida bu "oltin kitob"ni yuzaga chiqarish baayni temuriy jasoratni talab etardi.
Bunday jasorat sohibi sifatida Alixonto'ra Sog'uniydan o'zga zotni tasavvur qilib bo'lmaganidek,
hazratning buyuk xizmatini O'zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovdan o'tkazib ta'riflash ham
mushkuldir: "Alixonto'ra Sog'uniy hazratlari Amir Temurni xalqimizga tiriltirib berdilar".
Dostları ilə paylaş: