Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
she-riy-nutqning-lingvistik-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
606 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
qurilgani, uning o'ziga xos xususiyatlarini bilish asar poetik olamiga kirish uchun 
ko'prik vazifasini o‘taydi. 
Badiiy nutqning o'ziga xos xususiyatlari uni amaliy nutq kundalik muloqot 
amalga oshiriladigan nutq bilan qiyoslaganda yaqqolroq kо`zga tashlanadi. Amaliy 
nutq uchun muhimi — muayyan informatsiyani yetkazish, uning qanday yetkazilishi 
muhim emas. Badiiy nutqda esa, aksincha,o'sha informatsiyaning qanday yetkazilishi 
ham g'oyat muhim, unda ifodaga e’tibor ustuvorlik qiladi. Shu bois badiiy nutq tasvir 
vositasigina emas, ayni paytda, tasvir predmeti ham sanaladi. Amaliy nutq axborot-
kommunikativ funksiyani, badiiy nutq esa badiiy-kommunikativ, aniqroq aytsak, 
badiiy muloqot asosida estetik funksiyani bajaradi. Badiiy nutqning xususiyatlari 
haqida so'z borganda eng avval uning obrazliligi tilga olinadi. Ma’lumki, tilda 
mavjud so'zlarning ko'pchiligi shundoq ham obrazli tabiatga ega, Biroq badiiy 
nutqning obrazliligini bu bilan chalkashtirmaslik kerak. Zero, badiiy nutqning 
obrazliligi o'sha so'zlarning o'zaro mazmuniy-grammatik aloqa-munosabatda izchil 
bir qatorga tizilishidan voqe bo'ladi, ya'ni u ikkilamchi obrazlilikdir. Badiiy nutq 
shunchaki informatsiya yetkazmaydi, balki lisoniy obrazlar qatorini davriy ketma-
ketlikda yaratib boradi va pirovardida o'quvchini yalang fikr-xulosaga emas, badiiy 
voqelikka ro‘baro‘ qiladi. Shu bois ham o'quvchi o'sha badiiy voqelik haqida 
shunchaki ma’lumotga ega bo'libgina qolmaydi, uning ichida yashab, his qilib o'tadi.
3
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy nutq obrazliligi go'zal tashbeh-
u istioralar yoxud boshqa tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.) 
ga boyllk, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko'tarinkilig-u jimjimadorlik kabi sifatlar bilan 
belgilanligini ham unutmaslik lozim. Ilgari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy 
nutq hali jonli so'zlashuvga yaqinlashmagan davrlarda belgilovchilik maqomida edi. 
Hozirgi adabiyotda esa bu xil vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar 
ham juda ko'p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan mahrum bo'lib 
qolmaydi. Masalan, Zulfiyaning “Sensiz” she’riga diqqat qilaylik: 
Nega tirik ekan, tashlab ketmading, 
Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! 
Ushbu satrlar badiiy tasvir vositalaridan holi, ammo bu misralar badiiy nutqdan 
holi emas. Unda lirik qahramonning alami, afg’oni, o‘kinchi, qiynalganligi va kuchli 
muhabbati shu ikki satrga sig‘dirib yuborilgan. Lirik qahramonning his-tuyg‘ulari bir 
onda o‘quvchiga ham ko‘chishini sezish qiyin emas. Shu sababdan, birinchi galda 
badiiylikni ta’minlovchi omil sifatida obrazlilik va emotsionallik beradi. 
3
Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. T.: “Akademnashr”2018 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin