Oriental Renaissance: Innovative


LINGUISTIC RESEARCH OF POETIC SPEECH



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
she-riy-nutqning-lingvistik-tadqiqi

LINGUISTIC RESEARCH OF POETIC SPEECH 
Hilolaxon Ilhom qizi Umarova 
Quva district 1st comprehensive school Uzbek language teacher 
ABSTRACT 
This article discusses the term artistic speech, its different names, the object of 
study of linguistics and literature, the direction in which it is studied. Particular 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
604 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
attention is paid to the role of poetry in the creative work and style. An attempt has 
been made to show the superiority of poetic speech over prose. 
Keywords: artistic speech, poetic speech, word formation, creative style
stylistics, linguistics, literature, language and speech, occasionalism, individualism 
KIRISH 
Til va shoir o‘rtasidagi munosabatni shaxmat va shaxmatchi o‘rtasidagi 
munosabatga qiyoslash mumkin. Shaxmatda har bir donaning mavqeyi, darajasi
shaxmat taxtasi ustidagi harakatlanish qoidalari avvaldan belgilangan. Ana shu 
qoidalarni tugal egallash oqibatida yuzaga kelgan yuksak mahorati tufayli shaxmatchi 
tamoman yangi, kutilmagan yurishlar qiladi, betakror kombinatsiyalar yaratadiki, bu 
unga raqibini mag‘lub va muxlisini maftun qilish imkonini beradi. Tilda ham har bir 
unsurning o‘z vazifasi, ma’no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish 
qonuniyatlari mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo‘lgan, badiiy 
didi, so‘z sezgisi va mahorati yuksak shoir betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy 
lavhalar, so‘z chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon adibning nafaqat g‘oyasi, 
balki go‘zal tilining asiriga aylanadi. Bunda shoir umumxalq tilidagi badiiy tasvirga 
favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy 
qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik 
ma’nolar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tilshunoslikda «badiiy til», «poetik til», «she’riy nutq», «badiiy asar tili», 
«badiiy nutq», «poetik nutq» kabi atamalar juda faol va ko'pincha bir-birining 
o'rnida, ya'ni sinonim o'laroq qo'llanilib keladi. Xususan, o'quv adabiyotlarida shu 
kabi terminologik anarxiya holati yaqqol ko'zga tashlanadi.
1
Holbuki, aslida, 
terminlarning qaysi birini qo'llash masalaga tilshunoslik yoki adabiyotshunoslik 
nuqtayi nazaridan yondashilayotganiga bog'liq bo‘lishi lozim. Tilshunoslikda til va 
nutq bir-biridan farqlanganiga yuz yildan oshdi: XIX asr oxiri - XX asr boshlarida 
bu haqiqat Ferdinand de Sossyur tomonidan isbotlangan. Adabiyotshunoslikdagi 
yuqorida tavsiflangan holat esa mazkur haqiqatni yo tan olmaslik, yo ko'rib-
ko'rmaslikka olishdirki, bularning ikkisi ham ilmiylikka xilofdir. Ikkinchi tomondan, 
badiiy asarlar tilining jonli so'zlashuv tiliga yaqinlasha boshlashi (Yevropada bu 
jarayon XVII - XVIII asrlarda, bizda XX asr boshlaridan kuzatiladi) bilan ikkalasi 
orasidagi farq yo'qola boradiki, buning natijasida «badiiy til» istilohi ham tobora 
mavhumlashib, ma’nosini yo'qotib boradi. Ya’ni ilgari, poeziya tili jonli so'zlashuv 
tilidan keskin farq qilgan vaqtda, istiloh ostida o'sha farqli til tushunilgan. Endilikda 
esa, ya’ni badiiy til bilan jonli so'zlashuv tili bir-biriga nihoyatda yaqinlashgan 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin