Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 4/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
604
w
www.oriens.uz
April
2022
attention is paid to the role of poetry in the creative work and style. An attempt has
been made to show the superiority of poetic speech over prose.
Keywords: artistic speech, poetic speech, word formation, creative style,
stylistics, linguistics, literature, language and speech, occasionalism, individualism
KIRISH
Til va shoir o‘rtasidagi munosabatni shaxmat va shaxmatchi o‘rtasidagi
munosabatga qiyoslash mumkin. Shaxmatda har bir donaning mavqeyi,
darajasi,
shaxmat taxtasi ustidagi harakatlanish qoidalari avvaldan belgilangan. Ana shu
qoidalarni tugal egallash oqibatida yuzaga kelgan yuksak mahorati tufayli shaxmatchi
tamoman yangi, kutilmagan yurishlar qiladi, betakror kombinatsiyalar yaratadiki, bu
unga raqibini mag‘lub va muxlisini maftun qilish imkonini beradi. Tilda ham har bir
unsurning o‘z vazifasi, ma’no doirasi,
boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish
qonuniyatlari mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo‘lgan, badiiy
didi, so‘z sezgisi va mahorati yuksak shoir betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy
lavhalar, so‘z chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon adibning nafaqat g‘oyasi,
balki go‘zal tilining asiriga aylanadi. Bunda shoir umumxalq tilidagi badiiy tasvirga
favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy
qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik
ma’nolar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tilshunoslikda «badiiy til», «poetik til», «she’riy nutq», «badiiy asar tili»,
«badiiy nutq», «poetik nutq» kabi atamalar juda faol va ko'pincha
bir-birining
o'rnida, ya'ni sinonim o'laroq qo'llanilib keladi. Xususan, o'quv adabiyotlarida shu
kabi terminologik anarxiya holati yaqqol ko'zga tashlanadi.
1
Holbuki, aslida,
terminlarning qaysi birini qo'llash masalaga tilshunoslik yoki adabiyotshunoslik
nuqtayi nazaridan yondashilayotganiga bog'liq bo‘lishi lozim. Tilshunoslikda til va
nutq bir-biridan farqlanganiga yuz yildan oshdi: XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
bu haqiqat Ferdinand de Sossyur tomonidan isbotlangan.
Adabiyotshunoslikdagi
yuqorida tavsiflangan holat esa mazkur haqiqatni yo tan olmaslik, yo ko'rib-
ko'rmaslikka olishdirki, bularning ikkisi ham ilmiylikka xilofdir. Ikkinchi tomondan,
badiiy asarlar tilining jonli so'zlashuv tiliga yaqinlasha boshlashi (Yevropada bu
jarayon XVII - XVIII asrlarda, bizda XX asr boshlaridan kuzatiladi) bilan ikkalasi
orasidagi farq yo'qola boradiki, buning natijasida «badiiy til»
istilohi ham tobora
mavhumlashib, ma’nosini yo'qotib boradi. Ya’ni ilgari, poeziya tili jonli so'zlashuv
tilidan keskin farq qilgan vaqtda, istiloh ostida o'sha farqli til tushunilgan. Endilikda
esa, ya’ni badiiy til bilan jonli so'zlashuv tili bir-biriga nihoyatda yaqinlashgan