Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 605
w www.oriens.uz April 2022 sharoitda istiloh anglatayotgan narsani tasavvur qilish qiyinlashib, uning ortiqcha
bo'lib qolgani yaqqol sezila boshladi. Fikrimizcha, mazkur holat ko'rilayotgan
masalaga oid istilohlarning qo'llanishini tartibga solish zarurligini asoslash uchun
yetarlidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Badiiy nutq masalasini qaysi soha o'rganishi borasida ham manbalarda turlicha
qarashlarga duch kelamiz. Jumladan, B.Tomashevskiyga ko'ra, badiiy nutqni
o'rganish vazifasi to'laligicha tilshunoslik zimmasida. Faqat an’anaviy ravishda,
badiiy nutq bilan bog'liq masalalar ritorika va poetika bag'rida paydo bo'lgani
uchungina ular keyinchalik tilshunoslik emas, adabiyot nazariyasi tarkibiga kiritiladi
va ayni an’ana oqimida eskidan adabiyotshunoslik fanlari sirasida o'qitib kelinadi.
1
Shuningdek, masalaga umumfilologik muammo sifatida qaraydigan yoxud uni
muhim sanamagani sabab e’tiborsiz qoldiruvchi olimlar ham bor. Shunga qaramay,
hozirgi vaqtda badiiy nutqni ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslikning obyekti deb hisoblaydigan mutaxassislar ko'pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, V.Xalizevga
ko'ra ham xuddi shunday, faqat bu ikki sohaning badiiy nutq masalasiga yondashuvi,
uni o‘rganishdan ko'zlaydigan maqsadlari farqli. Xususan, tilshunoslikni badiiy nutq
eng avval tildan foydalanishning muayyan maqsadga yo'naltirilgan, shunga xoslangan
vosita va me’yorlariga ega bir shakli o'laroq qiziqtiradi. Badiiy nutqni o'rganuvchi
tilshunoslik sohasi lingvistik poetika deb atalib, u badiiy asar tili (yoki poetik til) tushunchasini tayanch — asos qilib oladi. Adabiyotshunoslik uchun esa tayanch –
asos tushuncha badiiy nutq bo‘lib, adabiyot ilmining uni o'rganuvchi bo'limi stilistika deb ataladi.
2
Shu o'rinda «tilshunoslikda nutqning funksional-uslubiy shakllarini,
jumladan, badiiy nutqni ham o'rganuvchi stilistika bo'limi mavjud, bu ikkisining
munosabati qanday?» degan savol tug'iladi. Asosiy farq shundaki, lingvistik stilistika
badiiy nutqqa funksional uslublardan biri deb qaraydi va uning til xususiyatlarini
o'rganadi. Ya’ni tilshunoslik nuqtayi nazaridan badiiy nutq (badiiy matn) til
qonuniyatlarini o'rganish uchun material, vosita bo'lsa, adabiyotshunos uchun u –
estetik obyektni yuzaga keltiruvchi yagona asos. Zero, shaklning uch aspektidan
birgina badiiy nutq moddiy bo'lib, o'quvchi faqat uni tovush yoki yozuv o'laroq
bevosita qabul qiladi, unga asoslanibgina tasavvurida badiiy voqelikni jonlantira
oladi. Shunga ko'ra, birinchidan, tilshunoslikdan farqli o'laroq, adabiyotshunoslik
uchun badiiy nutq vosita emas — ayni maqsad; ikkinchidan, badiiy nutqning qanday
1
2
Хализев B.E. Теория литературы. - M.: Высшая школа, 2002. - С.260;