Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 606
w www.oriens.uz April 2022 qurilgani, uning o'ziga xos xususiyatlarini bilish asar poetik olamiga kirish uchun
ko'prik vazifasini o‘taydi.
Badiiy nutqning o'ziga xos xususiyatlari uni amaliy nutq kundalik muloqot
amalga oshiriladigan nutq bilan qiyoslaganda yaqqolroq kо`zga tashlanadi. Amaliy
nutq uchun muhimi — muayyan informatsiyani yetkazish, uning qanday yetkazilishi
muhim emas. Badiiy nutqda esa, aksincha,o'sha informatsiyaning qanday yetkazilishi
ham g'oyat muhim, unda ifodaga e’tibor ustuvorlik qiladi. Shu bois badiiy nutq tasvir
vositasigina emas, ayni paytda, tasvir predmeti ham sanaladi. Amaliy nutq axborot-
kommunikativ funksiyani, badiiy nutq esa badiiy-kommunikativ, aniqroq aytsak,
badiiy muloqot asosida estetik funksiyani bajaradi. Badiiy nutqning xususiyatlari
haqida so'z borganda eng avval uning obrazliligi tilga olinadi. Ma’lumki, tilda
mavjud so'zlarning ko'pchiligi shundoq ham obrazli tabiatga ega, Biroq badiiy
nutqning obrazliligini bu bilan chalkashtirmaslik kerak. Zero, badiiy nutqning
obrazliligi o'sha so'zlarning o'zaro mazmuniy-grammatik aloqa-munosabatda izchil
bir qatorga tizilishidan voqe bo'ladi, ya'ni u ikkilamchi obrazlilikdir. Badiiy nutq
shunchaki informatsiya yetkazmaydi, balki lisoniy obrazlar qatorini davriy ketma-
ketlikda yaratib boradi va pirovardida o'quvchini yalang fikr-xulosaga emas, badiiy
voqelikka ro‘baro‘ qiladi. Shu bois ham o'quvchi o'sha badiiy voqelik haqida
shunchaki ma’lumotga ega bo'libgina qolmaydi, uning ichida yashab, his qilib o'tadi.
3
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy nutq obrazliligi go'zal tashbeh-
u istioralar yoxud boshqa tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.)
ga boyllk, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko'tarinkilig-u jimjimadorlik kabi sifatlar bilan
belgilanligini ham unutmaslik lozim. Ilgari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy
nutq hali jonli so'zlashuvga yaqinlashmagan davrlarda belgilovchilik maqomida edi.
Hozirgi adabiyotda esa bu xil vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar
ham juda ko'p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan mahrum bo'lib
qolmaydi. Masalan, Zulfiyaning “Sensiz” she’riga diqqat qilaylik:
Nega tirik ekan, tashlab ketmading, Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! Ushbu satrlar badiiy tasvir vositalaridan holi, ammo bu misralar badiiy nutqdan
holi emas. Unda lirik qahramonning alami, afg’oni, o‘kinchi, qiynalganligi va kuchli
muhabbati shu ikki satrga sig‘dirib yuborilgan. Lirik qahramonning his-tuyg‘ulari bir
onda o‘quvchiga ham ko‘chishini sezish qiyin emas. Shu sababdan, birinchi galda
badiiylikni ta’minlovchi omil sifatida obrazlilik va emotsionallik beradi.
3
Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. T.: “Akademnashr”2018