Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
she-riy-nutqning-lingvistik-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
610 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
yondashadigan so‘z san’atkorlardan biri edi. Misollar asosida aytish mumkinki
shoira asarlarida yetti yuzga yaqin frazema qo‘llangan bo‘lib, ularning asosiy qismi 
jonli so‘zlashuv nutqiga xoslangan va kitobiy frzemalar sanaladi. Shoira Zulfiya 
ijodida frazemalar birinchi navbatda matnning obrazliligi, ta’sirchanligini oshirish 
vositasi sifatida xizmat qiladi.
7
Xususan, shoiraning “Bahor keldi seni so‘roqlab” 
she’rida ham juda ko‘plab iboralar qo‘llangan bo‘lib, ularning asosiy qismi badiiy 
uslubga xos kitobiy frazemalardir: 
Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu, 
Jarliklarga olib ketdi boshini. 
Farhod tog‘laridan daraging izlab, 
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini. 
8
 
Misrada Hamid Olimjon sog‘inchidan shoirni izlab yo‘lga chiqqan shabboda
holati jonlantirilar ekan, shoira hijrondagi matn referentining iztiroblarini tabiat 
hodisalariga qiyoslaydi. Natijada shabboda anemonimining semantik pog‘onada 
o‘zidan ancha yuqorida turadigan “esish”, “harakatli , “”ёғинли” semantik uyadagi 
jufti - bo‘ron lekesmasini qo‘llashga olib keladi. Bo‘ron bo‘lmoq harakat tushunchasi 
aslida shabboda ruhiy holatini, kechinmalarini ifodalashda aktual leksik birlik sifatida 
ko‘zga tashlanadi. SHabboda holati boshini olib ketmoq iborasida obrazli ifodasini 
topgan, lirik qahramon ruhiyatidagi umidsizlikni yaqqol namoyon etgan. SHabboda 
shoiraning o‘zi. Bu timsol vositasida o‘z kechinmalarini she’riy misralarda ifoda 
etgan.  
XULOSA 
Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. 
So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llay olish foydalanuvchining teran fikrlashi va yuksak 
mahorat egasi ekanligini ko‘rsatadi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llay olish so‘zlovchi (ijodkor) 
va tinglovchi (kitobxon) shuurida kechayotgan hislar va kechinmalarning ko‘zda 
tutilgan tarzda idrok etilishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, badiiy asar tili o‘z vazifasiga 
ko‘ra, o‘quvchiga estetik ruh bag‘ishlash, ya`ni uning ichki kechinmalari, 
tuyg‘ularining u yoki bu ma’noda ta’sirlanishini nazarda tutadi. Bunda she’riyatning 
o‘rni beqiyos. Ijodkor biror holatni tasvirlashda so‘z vositasidan foydalanar ekan
asarning qay darajada mukammal va yetuk bo‘lishi, boshqacha aytganda, “badiiy 
7
Йўлдошев Б.Зулфия шеъриятида айрим фраземаларнинг қўлланиш хусусиятлари ҳақида//Нутқ маданияти ва 
ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Андижон – 2015 Б.76 
8
Зулфия.Сайланма.Тошкент.Шарқ.2006.Б.12 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin