Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 608
w www.oriens.uz April 2022 qo‘llanilgan. Bulutlarning kattakattaligi va ko‘pligini ifodalsh maqsadida esa “beshik-
beshik” so‘zidan foydalanadi, natijada shoira ham yangi individual so‘z takrorini
yaratmoqda , ham ajoyib metaforik o‘xshatish hosil qilmoqda. Bu jarayon takroriy
so‘z va metaforik o‘xshatish kompozitsiyasini hosil qilish bilan birgalikda she’rga
o‘ziga xos ohang, musiqiylik berib, badiiylikni kuchaytirshga xizmat qilmoqda.
She’riy parchani o‘qir ekanmiz, tasvirlanayotgan joy, voqealar ko‘z oldimizda
namoyon bo‘ladi.
Badiiy uslub til birliklaridan foydalanishda ijodkorga nihoyatda keng
imkoniyatlar yaratib beradi. Bunda biror mazmun va obraz yaratishda ijodkor
tilida mavjud shakllardan tashqari yangi modellar ham hosil qilish mumkin. Zero
bunda eng asosiy maqsad badiiylikni yuzaga chiqarishdan iborat bo‘ladi. Badiiy
matnda biror maqsad yo‘lida hosil qilingan ijodkorning individual uslubigagina
xos bo‘lgan yangi shakllar okkazionalizmlar deyiladi.
Zulfiyaning “Oltin kuz” she’rida mana shunday individual, hech kimda
uchramaydigan so‘zga guvoh bo‘lamiz:
Men g‘amgin boqmayman, ko‘nglimda bahor, Oltin yaproqlarga qarab tolmayman. Yasan kelinchakday har bir daraxtni Sevaman! Nigohim uza olmayman. 4 Kuz ko‘pincha ayriliq ramzi sifatida shoira asarlarida tasvir ob’ektiga aylangan.
Yuqoridagi she’rda lirik qahramon, ya’ni shoiraning o‘zi kuzga o‘zgacha yondashadi.
Chunki uning qalbida bahor kayfiyati hukm surmoqda. Oltin yaproqlar bezangan
daraxtni yasan kelinchakka o‘xshatmoqda. “Yasan” so‘zi aslida fe’l so‘z turkumiga
oid bo‘lib, yasamoq fe’lining o‘zlik nisbatdagi shakli hisoblanadi. Yasanmoq fe’li 3-
shaxs birlikdagi buyruq istak shaklida matnda qo‘llangan. Ammo bu fe’l boshqargan
kelinchakday so‘zi yasan fe’lini o‘tgan zamon –gan formasida bo‘lishini talab qiladi.
Agar shoira ushbu birikmani kelinchakday yasangan tarzida aslida qo‘llasa,
inversiya sodir bo‘lmasa, misralar ohangdoshligiga putur etishi mumkin edi. Bu
misolda shoira tomonidan qo‘llangan yasan so‘zi morfologik-sintaktik okkazionallik
hosil qilmoqda.
Shoiraning “Tun” she’rida ham so‘zni noodatiy qo‘llanishiga guvoh bo‘lamiz:
Sof yel esar... Parvona uchar, Chiroq atrofida o‘grilib, O‘zin urib part bo‘ladi-yu, 4
Зулфия.Сайланма.Тошкент.Шарқ.2006.Б.7