Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 610
w www.oriens.uz April 2022 yondashadigan so‘z san’atkorlardan biri edi. Misollar asosida aytish mumkinki,
shoira asarlarida yetti yuzga yaqin frazema qo‘llangan bo‘lib, ularning asosiy qismi
jonli so‘zlashuv nutqiga xoslangan va kitobiy frzemalar sanaladi. Shoira Zulfiya
ijodida frazemalar birinchi navbatda matnning obrazliligi, ta’sirchanligini oshirish
vositasi sifatida xizmat qiladi.
7
Xususan, shoiraning “Bahor keldi seni so‘roqlab”
she’rida ham juda ko‘plab iboralar qo‘llangan bo‘lib, ularning asosiy qismi badiiy
uslubga xos kitobiy frazemalardir:
Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu, Jarliklarga olib ketdi boshini. Farhod tog‘laridan daraging izlab, Soylarga qulatdi tog‘ning toshini. 8 Misrada Hamid Olimjon sog‘inchidan shoirni izlab yo‘lga chiqqan shabboda
holati jonlantirilar ekan, shoira hijrondagi matn referentining iztiroblarini tabiat
hodisalariga qiyoslaydi. Natijada shabboda anemonimining semantik pog‘onada
o‘zidan ancha yuqorida turadigan “esish”, “harakatli , “”ёғинли” semantik uyadagi
jufti - bo‘ron lekesmasini qo‘llashga olib keladi. Bo‘ron bo‘lmoq harakat tushunchasi
aslida shabboda ruhiy holatini, kechinmalarini ifodalashda aktual leksik birlik sifatida
ko‘zga tashlanadi. SHabboda holati boshini olib ketmoq iborasida obrazli ifodasini
topgan, lirik qahramon ruhiyatidagi umidsizlikni yaqqol namoyon etgan. SHabboda
shoiraning o‘zi. Bu timsol vositasida o‘z kechinmalarini she’riy misralarda ifoda
etgan. XULOSA Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llay olish foydalanuvchining teran fikrlashi va yuksak
mahorat egasi ekanligini ko‘rsatadi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llay olish so‘zlovchi (ijodkor)
va tinglovchi (kitobxon) shuurida kechayotgan hislar va kechinmalarning ko‘zda
tutilgan tarzda idrok etilishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, badiiy asar tili o‘z vazifasiga
ko‘ra, o‘quvchiga estetik ruh bag‘ishlash, ya`ni uning ichki kechinmalari,
tuyg‘ularining u yoki bu ma’noda ta’sirlanishini nazarda tutadi. Bunda she’riyatning
o‘rni beqiyos. Ijodkor biror holatni tasvirlashda so‘z vositasidan foydalanar ekan,
asarning qay darajada mukammal va yetuk bo‘lishi, boshqacha aytganda, “badiiy
7
Йўлдошев Б.Зулфия шеъриятида айрим фраземаларнинг қўлланиш хусусиятлари ҳақида//Нутқ маданияти ва
ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Андижон – 2015 Б.76
8
Зулфия.Сайланма.Тошкент.Шарқ.2006.Б.12