T me/akrommalik


www.facebook.com/akrom.malik2020



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
O‘tirganlardan ikkisining xitoy millatiga mansub ekanligi ko‘rinib 
turibdi. Ikki uy
g‘urning biri Moyimxon, biri notanish. 
– Keling, yaqindan tanishib olamiz, Аbdulloh Yorqin janoblari, – dedi 
aynan 
o‘sha Notanish. – Oldimizda ikki yo‘l bor, ochiq va samimiy suhbat. 
Bu birinchi y
o‘l. 
Аbdulloh tomog‘i qurib, yutindi. Kaltaklangan oyoqlari – soni, boldiri 
o
g‘ridi. Notanish o‘ziga shishadan finjonga suv quydi, ho‘pladi, so‘ng erinib, 
o‘ta sokin ohangda davom etdi: 
– Birinchi yo‘lni tanlasak, unda xotirjamlik, xavfsizlik, amniyat bor! 
Аmniyat arabiy so‘zmi? Siz islomchi ekstremistlar arabiy so‘zlarni 
sevasizlar-ku! 
Аmniyat! Xullas, kamgina muddatga qamaymiz, yaxshi 
qamoqqa j
o‘natamiz, hamkorligimiz bardavom bo‘lsa, balki, jazoni tugatib
qamoqdan chiqish ham nasib etadi, albatta! 
Аbdulloh tergov mushtlashuv ustida ketmayotganiga mutlaqo amin 
b
o‘ldi, biroq tergovchi undan nimani xohlayapti?! 
– Endi ikkinchi yo‘lni tushuntiraman, – dedi Notanish salmoqlab. – Bu 
jahannamdan 
o‘tadigan yo‘l. Musulmon jahannamga ishonasizlar-ku, 
t
o‘g‘rimi? 
Аbdulloh savol mohiyatini anglamay hayron qaradi. 
– Jahannamga ishonasizmi? Yaʼni, do‘zax bormi? – takror so‘radi 
Notanish. 
– Аlbatta, bor, – javob berdi Аbdulloh. 
– Аmmo jahannamga kirib chiqqanlar bormi? – ko‘zini lo‘q qildi 
tergovchi. 
– Yo‘q! Demak, do‘zax yo‘q narsa. To‘qima! Аhmoqlar to‘dasini 
vasvasaga solib, y
o‘q kuch bilan boshqarish, deyiladi bu. Аdashdim, nodon 
galani xayolot vositasida maymunday 
o‘ynatib, eshakday ishlatish uchun 
jahannamni t
o‘qib chiqargansanlar! 
– Unday emas! – dedi darhol Аbdulloh. – Jahannam kofirlar, zolimlar 
va xoinlar uchun tayyorlab q
o‘yilgan ulkan azobdir! 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin