T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Ha, yangisi.
Yangi kelinchakdek nozi bor, – boya xiringlagan
mirshab.
Аbdulloh bu gapni eshitib bir siltandi.
– Bunga hamma kameralarni bir-bir ko‘rsatsang, Devog‘a, –
iltimos
qildi mirshablardan boshqasi.
– Kelajak maskani bilan yaqindan tanishib
olsin!
Devo
g‘a:
– Yaxshi, – dedi-da, Аbdullohning orqa yoqasidan dast ko‘tarib yerga
q
o‘ydi. Аbdulloh bo‘g‘ilib, yo‘taldi. Dev uni
sudrab birinchi temir eshik
r
o‘parasiga keltirdi. Eshikning tambasini surib, ochdi.
– Ichkariga qara, mahbus, – dedi qo‘lchiroq bilan yoritib.
Ichkarida ikka yalan
g‘och mahbus ikki tomonga qo‘lidan osib
q
o‘yilgan. Ularning oyoqda
turishga quvvati qolmagan, bilaklarini temir
halqa tishlab turibdi.
Qorin ichiga tortilib, teri qolgan, xolos. Qovur
g‘alari
sanalib yotibdi.
Soch va soqol patak b
o‘lib o‘sgan, bitlagan. Yelka, son,
boldirlaridagi yaralari yiringlagan, pashsha vijillaydi, mayda qurtlar bosgan.
Kameraning devorlari, poli qasmoq. Har yer-har yerda odam najosati.
Kameraga bir parcha ham yoru
g‘lik kiradigan darcha ko‘rinmaydi.
Аbdullohning dimog‘i achishdi, ko‘zidan duvillab yosh otildi.
Birinchi kitob tugadi.