T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Аnna BSS telekanalining «Maxsus loyihalar» bo‘limi xodimlari. Jozefning 
taklifi bilan «Islomiy ruhiyat» degan loyiha tasdiqdan o‘tdi. Ikkisi ayni paytda 
kemada musulmonlar bilan yaqindan tanishishlari kerak. Musulmonlar nima 
uchun dinni, aynan Islomni tanlaganlarini bilishni istardilar. Ular kamera
ovoz yozish uskunalarini tayyorlashdi. Kattaroq xonani ijara oldilar. Kema 
rahbari Masʼud Hasandan tasvir ishlari uchun ruxsat so‘radilar.
– Islomiy ruhiyatni anglay olsangiz, bu dinni qabul qilasiz, – dedi 
Masʼud Hasan ularning loyihasi haqida bilgach. – Chunki o‘zini bilgan odam 
uchun boshqa y
o‘l qolmaydi. 
– Biz dindor bo‘lish uchun kelmadik, – dedi Jozef. – Biz 
musulmonlardagi radikallik sabablariga qiziqamiz. Men Islom tarixini 
o‘qidim. Qurʼonning tarjimasi bilan tanishdim. Diningiz shartlari, talablari 
haqida 
o‘rgandim. U bir din, xolos. Musulmonlar nima uchun terrorni odat 
qilishlari tushunarsiz. Pay
g‘ambarlaringiz davrida, undan keyin ham Islom 
siyosiy qudrat edi. Muhammadning faoliyati urushni, qon t
o‘kishni taqozo 
qilgan. Biroq hozir musulmonlar yana nimani istashlari noaniq. 
O‘shani 
aniqlaymiz.
Biz teran fikrli insonlarmiz, – dedi Аnna. U Jozefning qaysidir 
gaplari Masʼud Hasanga yoqmaganini sezgandi. – Masalaga xolis 
qaraymiz, janob Masʼud. Biz na Islomni, na nasroniylikni ulug‘lamaymiz. Biz 
o‘rtada ikki tomonni kelishtiramiz. Dunyoga Islomiy ruhiyatni bildiramiz. U 
juda yomon emas, menimcha. Q
o‘rqishga ham hojat yo‘q. Yaqindan 
tanishsang, ajdar ham vahshiy emasligini tushunasan. 
Masʼud Hasanning yoshi qirqdan oshgan. Jussador. Salobatli. Yuzi 
tabassumdan yoru
g‘. Oq oralagan soqoli, sochi qalin. Millati malay. Ko‘zi 
qiyiq. U musulmon oilaning farzandi. Otasi katta tijoratchi edi. Tinch va Hind 
ummonidan 
Аmerikaga, Аfrikaga, Saudiya, Yaman va Аmirliklarga ulgurji 
mahsulot yuborardi. Kenja 
o‘g‘li Masʼudga hamma bolalari qatori ilm berdi, 
dinni tanitdi, ul
g‘aygach, oliygohda o‘qitdi, Masʼud Misrdagi Аzhar 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin