T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Muslimalar bir necha on sukut saqlashdi,
o‘zaro shivirlashib nimanidir
maslahat qilishdi. Keksaroq ayol
o‘rnidan turdi.
– Men boshlab beraman, – dedi Аnnaga.
– Marhamat, bu yerga keling! – Аnna o‘rtaga qo‘yilgan stol va stulga
chorladi. Stolda orxideya guli, shisha idishda ichimlik suvi va finjon bor edi.
– O‘zingizni tanishtiring, iltimos, tasvir olinyapti, ovoz yozilyapti, –
dedi
Аnna u muslimaga.
– Olamlar Robbisi Аllohga hamd aytaman. Uning Rasuli, Elchisi,
suyukli nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga, oilalariga,
ashoblariga salom va salovotlar y
o‘llayman. Аllohning ismi bilan so‘zimni
boshlayman. Sizlarga
Аllohning salomi, rahmati va barokatini tilayman, ey
muslima opa-singillarim! Qadrli
Аnna! Go‘zal nutqingiz uchun tashakkur.
G
o‘zal tarbiyangiz uchun sizga rahmat. Shijoatingiz sizga xayr keltirsin. Bu
shijoat sizni Haq y
o‘lga boshlasin! Mening ismim Hojar. O‘zim Malayziyada
yashayman,
– deb so‘z boshladi Hojar xonim.
Xonimning ovozi sehrli edi, g
o‘yo. Mayin, ayni paytda qatʼiy. Qadam
bosishlari,
o‘tirishlari, har bir harakatlari viqorli edi. Аnna unga qarab,
bunday joziba davlat tepasida
o‘tirgan prezident va bosh vazir xonimlarda
ham uchramasligini ichida tan oldi. T
o‘g‘ri, Britaniya qirolichasi Yelizaveta
xonim bilan bundan besh yil oldin k
o‘rishgandi. Qirolicha yetimlarga xayriya
tadbiriga
o‘g‘li Charlz bilan kelgan edi. Аnna qirolichani yetimlarni erkalab
turganida yoniga yaqinlashdi. S
o‘ng zoti oliyalariga xayrli kun tiladi.
Qirolicha unga qarab mayin jilmayib, «Xayrli kun!» – dedi. «Siz bilan
suhbatlashsam, maylimi?» – so‘radi Аnna shoshib. «Mayli, qizalog‘im.
Qanday savollaring bor?» – iltifot qildi Qirolicha. Shu payt Qirolicha
xodimlaridan biri paydo b
o‘ldi. «Kechirasiz, yosh xonim. Zoti oliyalarining
dasturida siz bilan suhbat y
o‘q», – dedi u. «Jonatan, qizga ruxsat ber.
Zerikib turgandim. Savolini beraqolsin», – dedi Yelizaveta xonim.