T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 javoblari javob
o‘rnida emas. Qandaydir shaxsiy va tor xulosalar. Bu ongli
yechim sanalmaydi. Sizlarning haqiqatga asoslangan hikoyalaringiz bizga
t
o‘g‘ri xulosa qilishda yordam beradi, deb ishondik.
Jozef nutqining shu nuqtasida bir nafas t
o‘xtadiyu, tinglovchilariga bir
qur nazar soldi. Hammalari oq libosli kishilar b
o‘lib, ko‘ylaklari tizzasiga
tushadi.
Аksari musulmonlar soqol o‘stirishgan ammo irqlari ham, millatlari
ham turlicha. Ularni birlashtirgan xususiyat chehralaridagi yoru
g‘lik edi. Bu
yoru
g‘lik Jozefga ham muloyimlik, ham kishini qo‘rqitadigan haybat o‘laroq
tuyuldi. K
o‘zlarida rahmdillik porlaydi. Bu Jozefni ilhomlantirdi.
– Sizlar men haqimda shuni bilishingizni istardimki, men Islom yoki
musulmonlar himoyasi uchun kelganim y
o‘q. Men Insonlar himoyasi uchun
keldim. Chunki Islom ham odamzodning hamma
g‘oyalari qatori nuqsonli,
deb bilaman. Chunki uning ichida ham
o‘zaro qarama –qarshi guruhlari bor.
Xususan, sunniy va shiiylar markaziy raqiblar hisoblanadi. Bu ikki yirik
guruh ham bir necha
o‘nlab tarmoqlarga ega. Haqiqatan, murakkab. Shu
qadar murakkablikka qaramasdan men bu loyihani ilgari surdim.
Jozef bir lahza nimanidir esladi, fikrlarini tartiblab olib, davom etdi:
–
Tarqatilayotgan
axborotlarning
umumiy
manzarasida
musulmonlarning huquqlari k
o‘p bora poymol etilyapti, eng ko‘p
q
o‘poruvchilik ham Islom nomidan bo‘layotir. Nima uchun? Shu savollarga
qoniqarli javob izlamoqdaman. Darvoqe,
– Jozef nimanidir unutib, endi
eslagandek jilmaydi.
– Yoshim o‘ttizda. Xotinim Аnna o‘ttiz ikkida. U bilan
qiziqishlarimiz bir xil chiqqani uchun yaqinda turmush qurdik. Sizlarda
ayollarning erkaklar bilan suhbatlashishi taʼqiqlangan ekan. Bu
qonunlaringizni hurmat qilaman. Xotinim bir ayol sifatida muslimalarning
ichki maʼnaviy olamiga qiziqyapti. Suhbat uchun ijozat berganingiz uchun
Sizlardan behad minnatdormiz. Marhamat, ushbu stulga orangizdan bir
kishi kelib
o‘tirsin. Biz uning hikoyasi bilan loyihamizni ochamiz.