T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Bilasizlarmi, nega? – savolini takrorladi Аnna. – Аyol zoti zulmatda
qolishi uchun bu dunyoga kelmagan, ayol dunyoni zulmatdan qutqarish
uchun yaralgan.
Аyol qaerga bormasin, u o‘sha makonni nurga chulg‘asin.
U shu qadar kuchli b
o‘lsin! Muslimalar Аyol! Ularni zulmat qo‘ynida qoldilar,
deyish
Аyol shaʼniga tuhmatdir. Men shunday hisoblayman. Bilasizmi, men
feminizmga moyil ayolman.
O‘zimni tom maʼnoda feminist, deya olmasam -
da,
Аyol shaʼni, huquqini yuqori qo‘yaman. Аyolga mensimay boqishlariga
toqatim y
o‘q. Sizlar mana shunday chodralar ichida, er va farzand
xizmatida qolib ketgan b
o‘lsangiz -da, Аyollik hurriyatingiz uchun biror
imkon topishingizga aminman.
Аyollik hurriyati, deganda men Аyolning
hayotdan rozi b
o‘lib yashash erkini tushunaman. O‘zingiz istagan kasbni
egallash, b
o‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish, Yer sharining go‘zal maskanlarida
dam olish kabi nuqtalarda bu erkni his etish mumkin.
Muslimalardan baʼzilar bu nutqdan taʼsirlana boshladi. Аnnaning
s
o‘zlarida joziba bordek tuyuldi ularga.
– Sizlar ergashadigan Muhammad payg‘ambarni ham ayoli Hadicha
q
o‘llagan ekan. Erini payg‘ambar, deb ishongan. Muhammad o‘z yo‘liga
ishonib qadam bosishi uchun hamma sharoitni tayyorlagan. Makka
aristokratiyasi, oligarxiyasi ichida Hadichaning mavqei baland b
o‘lgan.
Muhammadga Hadichaning mavqei ijobiy taʼsir bergan, albatta. Bu bilan
nima demoqchiman?
Аyol Islom dinida bo‘lsa ham, u hamisha yorug‘likni
topa oladi, zulmatda qolib ketmaydi, demoqchiman. Shu fikrimni isbotlash
maqsadida «Islomiy ruhiyat» loyihasiga qo‘shildim. Erim Jozef bu loyiha
muallifi,
– Аnna proektor orqali devorga tasvir tushirib, Jozefning rasmini
k
o‘rsatdi.
– Sizlar bilan suhbatlashaman. Istasangiz, yuzingizni ekranda
k
o‘rsatmaymiz. Siz menga ayolning Islomda bo‘lishi unga qanday qulaylik
yoki noqulaylik tu
g‘dirishini aytib berishingizni istardim. Marhamat, kim
birinchi b
o‘ladi?