T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Аlixonto‘ra Sog‘uniy janoblari bir suhbatlarida juda achingan 
ekanlar. Yoqubbek tuzgan Yettishaharning tanazzuli Uy
g‘urlar hurriyatining 
tugashi b
o‘ldi, deb. Xitoyda yaqin –yaqingacha ahvol og‘ir edi. Mao Sze 
taxtga chiqmasidan avval Uy
g‘ur davlati tuzishning qulay fursati bo‘lgan. 
Аfsus, qo‘mondonimiz Аlixonto‘ra janoblarining buyuk niyatlari amalga 
oshmadi. Eshitishimcha, hozir Toshkentda emishlar? 
– deb so‘radi otam. 
– Ha, Toshkentda. Ko‘kcha mahallasida istiqomat qilayotgan ekanlar, 
– deb javob berdi iyagida uch –to‘rt soqoli bor bir odam. 
– Sihhatlari qanday ekan? – so‘radi yana otam. 
– Biroz betob ekanlar. Shunga qaramay ilm berishdan, ijoddan 
t
o‘xtamayotgan ekanlar. «Tarixi Muhammadiy» nomli siyrat asarini 
yozibdilar. Temur Ko
‘ragonning «Tuzuklar» kitobini forsiydan turkiyga 
o‘giribdilar. Shu kunlarda «Turkiston qayg‘usi» degan bir asar yozyaptilar, 
deb eshitaman, 
– javob berdi boyagi odam. 
– Аlloh xayrli etsin! – duo qildi otam. – U kishi Sharqiy Turkiston Islom 
jumhuriyatini eʼlon qilganlarida qo‘llarida ellik ming mujohid bor edi. U 
kishini 
o‘g‘irlab ketishgach, ko‘p dilxiraliklar bo‘ldi. Janobga itoatda 
yurganlar 
o‘zaro ixtilof etishdi. Xitoy tortib kelgan armiya qarshisida 
tumtaraqay b
o‘ldilar. 
Holbuki, 
Аlixonto‘ra bu qo‘shinni boshlab chiqqanida har bir askar bir 
sher edi. Xitoy armiyasi chumchuqday qochgan edi... U ulu
g‘ voqealar 
bugun bir 
o‘tmish. Bir o‘tmish, kelajak undan ibrat olmog‘i lozim. 
– Biz nima uchun bu imkonni boy berdik deb ko‘p o‘ylanaman, – dedi 
tinglovchilar orasidan yana bir kishi. 
– Bu neʼmatga loyiq bo‘lmadik, – dedi otam. – Hurriyatga, bir 
Davlatga, bir Y
o‘lboshchiga munosib emas edik, Аlloh bizni mahrum etdi. 
– Qanday qilib munosib bo‘lish mumkin? – yana savol berdi boyagi 
odam. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin