T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 alayhi va sallam, u zot alayhissalomning izdoshlari Islomda yashadilar,
yashash asnosida Islomda b
o‘lmoqning go‘zalliklarini Yer yuziga namoyish
qildilar.
Аgar Islom bilan ulug‘likka erishmasa, bilsinki, u Islomni to‘la qabul
etmabdi, Islomga t
o‘kis itoat qilmabdi. Kim Islom bilan sharaflansa, bilingki,
u bu dinni ruhining chiro
g‘iga, jismining yarog‘iga, hayotining bayrog‘iga
aylantiribdi, yaʼni Islomning ichida yashabdi. Hojar xonim so‘zining shu
nuqtasida finjonga suv quyib ichdi.
Аnna notiq xonim nutqini yakunlaganini
sezib, s
o‘radi:
– Xonim, juda go‘zal gapirdingiz. Men falsafani yaxshi o‘qiganman.
Bilsangiz kerak, Yevropada,
Аmerikada har bir fan falsafa ustiga quriladi.
Ilmda falsafa tasdiqlagan nazariyalargina qabul qilinadi. Qadimgi yunon
falsafasi juda jozibali. Suqrotni
falsafaning otasi deb taʼriflaydilar. Uning
shogirdi
Аflotun, Аflotunning shogirdi Аrastu... Umuman, bu masala juda
chuqur. Keyin nasroniylik joriy b
o‘ldi. Nasroniylik falsafani qatag‘on qildi.
O‘rta asr Yevropa Uyg‘onish davri namoyandalarining har biri faylasuf edi,
ular nasroniylikdan oshib
o‘tib, yunon falsafasiga tayandilar. Keyin Injildagi
poklanish, tavba, yaxshilik qilish, yomonlikning jazosi haqidagi oyatlar
falsafiy metafizika bilan qorishib ketdi. Yaʼni falsafa g‘aybni rad etmaydi.
Аqldan tashqari hodisalarni ham eʼtirof qiladi va buni metafizika deb
nomlaydi. Injildagi
g‘ayb taʼlimoti metafizikani boyitdi desak ham, bo‘ladi.
Men
bularni
k
o‘p o‘qiganman. Xitoy, Hindistondagi buddaviylik
taʼlimotlaridan xabarim bor. U yerlarda bo‘lganman. Dunyodan voz
kechgan, ruh tarbiyasini oliy ish deb biladigan ruhoniylar bilan
tanishganman. Injil, Qurʼon va bu taʼlimotlar orasida umumiyliklar bor.
G
o‘yo ular o‘zaro biri birini to‘ldiradi. Аyniqsa, Islomdagi sufiylik poklanishga
kuchli eʼtibor beriladi. Bu ham qaysidir jihatlari bilan menga Tibet
rohiblarining eʼtiqodini eslatadi. Siz aytyapsizki, Islomni Аlloh Yer yuziga
insonlar uchun t
o‘g‘ri yashash taʼlimoti o‘laroq tushirdi. Bu bilan siz
insoniyat tafakkur va ruhiy dunyosining boshqa barcha xazinasini inkor