T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Аllohning dinini o‘rganamiz, amal qilamiz, dushmandan
q
o‘rqmaslikni, urushni, xato qilmaslikni, ittifoqni, ahillikni, itoatni, sadoqatni,
mardona
o‘lishni o‘rganamiz, shunday yashashni boshlaymiz va o‘sha
buyuk darajaga chiqamiz, insha
Аlloh. Yo‘qsa, xorlikda qolaveramiz.
So
g‘uniy janoblari shuni taʼlim berdilar. Biroq bu taʼlimni olmadik.
... Suhbat ch
o‘zildi. Shom vaqti kirdi. Hamma namoz o‘qidi. Men
ham, akam ham
o‘qidik. Kechki taomdan keyin ham gap uzilmadi.
– Аlixonto‘ra janoblari aytar ekanlarki, xatar bo‘lsa, ziyoratimga
kelmang, deb. Mahallalarida doimo Sovet josuslari
o‘ralashib yuradi, – dedi
soqoli kam odam.
– Kelganni ham, ketganni ham tekshirar emish. Temur Ko‘ragonning
kitobini tarjima qilib b
o‘lganlarida o‘g‘irlab ham ketishibdi, nobakorlar. Ustoz
xos suhbatlarda: «Er yuzida Xudoni inkor qilgan birinchi tuzum shu Sovet
tuzumi b
o‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning barcha so‘zlari
haq: xulafoi roshidiynlar
o‘tdilar, sultonu amirlar o‘tdilar, zolim podshohlar
o‘tdilar, oxirizamon Islom nusratiga yaqinlashyapmiz», – deb aytar ekanlar.
– InshaАlloh, bu biz mazlumlarga bir hurriyatdir, – dedi otam.
... Ular qancha gaplashib
o‘tirishdi, bilmayman, chunki toshday qotib
uxlab qolibman. Ertalab musichaning «ku-ku»lashi uyg‘otdi. Hovlilar
supurilgan, rayhon hidlari taralgan, chumchuq, qaldir
g‘ochlar vijirlaydi, otam
esa Qurʼon o‘qir edi. Nonushta qildik, qaymoqqa issiq nonni botirib, yeb
oldim, saryo
g‘ qo‘shilgan qaynoq sutni ichdim, akam o‘z odaticha kam yeb,
kam ichdi. Quyosh qizdirmasdan y
o‘lga otlandik. Otamning rejasiga ko‘ra
Turkman chegarasiga ketayotgan edik. Bizni kutayotgan qanday sinovlar
bor, bilmasdik, albatta. Bugun q
o‘rqmasdan shu safarga otlangan otamning
jasoratiga qoyil qolaman. Ot arava minib minglab chaqirim safarga chiqish
uchun inson naqadar botir b
o‘lmog‘i kerak?! Niyat xolis bo‘lgan ekan,
sanoqsiz sinovlar faqat bizning foydamizga xizmat qildi.