T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аmerika madaniyati ko‘proq taʼsir etayotgan edi. Ingliz tilini
o‘rganarkanman, turli jurnallar, gazetalardagi suratlar mening xayolimni
o‘g‘irlaydigan bo‘ldi. Ko‘chalarimiz Аmerika ko‘chalari oldida g‘arib edi.
Odamlarimiz amerikaliklarga qiyoslaganda k
o‘rimsiz, qoloq edi. Hayotimiz
Аmerika hayoti oldida o‘ta jo‘n, o‘ta zerikarli edi. O‘n to‘rt yoshimda
shunday ishonch ongimga mustahkam
o‘rnashib bo‘ldi. Biroq onam bilan
kam gaplashardim. Menimcha, onam
o‘ta sodda ayol edi. Opalarim ham
k
o‘zimga o‘ta muteʼ ko‘ringan. O‘zimni bu hayot odami deb hisoblamay
q
o‘ydim. Burqamni ochib yurishdan qo‘rqsam -da, xayolimda sochlarimni
g‘arbona turmaklab, hammani lol qoldirib yurishni orzu qila boshladim.
Uyimizda
musiqa tinglanmasdi. Televizorda ham faqat dindorlarning vaʼzlari
q
o‘yib berilardi. Men esa musiqa oshuftasi bo‘lib qoldim. Shunday
o‘zgarishlar ichida yurar ekanman, menga sovchi keldi...
T
O‘RTINChI BOB
Аbdulloh Yorqin hikoyasini davom ettirdi:
– Turkman chegarasidan o‘tdik. Biroz yurdik. Onam, akam va men
y
o‘l chetidagi daraxt tagida qoldik. Otam otga minib, qaergadir ketdi. Аkam
bilan onam
o‘ziga ermak topdi. Аriqdan suv olib sepdi. Yuklarni tartiblay
boshladi. Biz q
o‘ngan joydan uch yuz metr narida o‘tov ko‘rinadi. O‘tov
atrofida bolalar
o‘ynab yuribdi. O‘tovdan bir juvon chiqib, nimalargadir
unnaydi. Keyin yana kirib ketadi. Bir
–ikki marta bizga qaradi. Аriq deganim
anhordan kichikroq
o‘zan. Yoqasida tol, majnuntol, naʼmatak, baqaterak, tut
o‘sgan. Yo‘l shag‘alli. Bu yerdan o‘ziyurar ulovlar o‘tib qolarkan. Bunday
ulovlarni X
o‘tanda kam ko‘rganmiz. Darillagan ovoz chiqadi. Katta,
yumshoq
g‘ildiraklari bor. Orqasida tutun chiqaradigan quvur. Аtrof biyday
dasht. Suv qaerdan kelib, qaerga ketadi
– bilib bo‘lmaydi. Yaqin –orada
biror qishloq k
o‘rinmaydi. Аkam bilan men chumolilarni ancha tomosha
qildik. Men chumolilarning suvda suzishini k
o‘rgim kelib qoldi. Barg olib,