T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 chumolilarning karvonini t
o‘sdim. Bir necha chumoli bargga chiqdi. Bargni
suvga q
o‘yib yubordim. Nazarimda, chumolilar uchun barg kema edi. Bu
«kema»ning ariqda «suzishi»ni tomosha qilib, oqim bo‘ylab yugurdim.
Ortimdan onamning xavotirli sasi keldi:
– Аbdulloh, uzoqlashma, bolam!
«Kema» suv o‘rtasiga ketib qoldi, men chumolilarni taqdir izmiga
qoldirib, onamga qarab yugurdim.
– Ona, non! – dedim.
Onam tugundan qora bu
g‘doy noni olib berdi. Men ariqqa keldim.
Nonning yarmini akamga berdim.
O‘zimning ulushimni suvga botirib,
qotgan nonni yumshatib, o
g‘zimga solib chaynay boshladim.
O‘tovdan bir kampir chiqdi. Ortidan boyagi ayol ko‘rindi. Kampir
ayoldan nimanidir s
o‘radi. Аyol ham bizni ko‘rsatib javob berdi. Kampir biz
tomon kela boshladi. Onam unga tomon peshvoz yurdi:
– Аssalomu alaykum, ona, – dedi.
Kampir ham
o‘z qizini ko‘rgandek onamni bag‘riga bosdi:
– Va alaykum assalom, chirog‘im, – dedi. – Qo‘noqmisizlar?
– Ha, ona, qo‘noqmiz. Uyg‘urmiz. O‘g‘lingiz o‘zyurar ulov axtarib
ketdi,
– dedi onam. – Yukimiz ko‘p. Yo‘limiz mo‘l.
– Voyyy, chirog‘im, – astoydil achindi Turkman ona. Men turkmanlar
yurtida ekanligimizni bilganim uchun kampirni xayolimda «Turkman ona»
deb atadim.
– Musofirlik qursin, chirog‘im. Biz turkmanlar cho‘lma –cho‘l
yuramiz. Umrimiz sahroda
o‘tadi. Bizga buning hech bir og‘iri sezilmaydi.
Lekin Vatanidan chiqqan odamga qiyin. Yur, chiro
g‘im, o‘tovga yur.
Onam taraddudlandi:
– Ona, yuklarimiz bor. O‘g‘lingiz ham kelib qolsa...
– Yuklaring joyidan qimirlamaydi. O‘g‘lim kelsa, ana, nevaralarim.
Xabar berishadi, yuraqol,
– qistadi Turkman ona. Unga ergashib, o‘tovga
kirdik.
O‘tov ichi keng va salqin ekan. Yerda guldor, yumshoq gilam