T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 q
o‘rqqandek qo‘rqishardi. Shu qadar ulkan hovli biror marta to‘zib yotganini
eslay olmayman. Otamning ayollarining hammasini ona deb tanidik.
O‘z
onamizni ona deb chaqirsak, xonadonning katta xonimini katta ona,
keyingilarini kichkina ona der edik. Onalarimizga behurmatlik qilmadik.
Itoatlaridan chiqmadik. Otamning talabi shu edi. Onalarimiz ham bizga ovoz
k
o‘targanlarini bilmayman. Qarg‘ish, nolish, yig‘i –sig‘i bu xonadonda yo‘q.
Onalarimiz ham, xizmatchi ayollar ham uy tozalash, ovqat pishirish, kiyim
tikish bilan band b
o‘lishar edi. Har kuni kunduzi soat o‘ndan o‘n birgacha
mutolaa va qiroat vaqti edi. Otam shunday atardi. Har bir onamiz
o‘z
bolalarini yi
g‘ib, kitob o‘qitardi. Bu kitoblar har xil bo‘lsa -da, tartibi bor edi.
Аsosan, aqiyda, tarix, ibodat haqida o‘qirdik. Maktabga bordik. Madrasaga
qatnadik. Otamning talabi bilan onalarimiz
o‘qishimizga o‘ta eʼtiborli edilar.
Xonadonimizda bir vaqt namoz qazo b
o‘lmagan, xuftondan so‘ng deyarli
hamma uxlaydi, bomdoddan s
o‘ng uyqu mumkin emas. Peshin namozini
o‘qib ham, biror soat uxlar edik. Otamni har kuni ko‘ra olmasak -da, kun ora
k
o‘rardik. To‘rt kunda bir bizning dasturxonda o‘tirib, kechkilik qilardilar.
Lahordan tashqarida yerimiz bor edi. Bu yerning bir qismi meva va uzumli
bo
g‘, bir qismiga har yili mosh, loviya, no‘xot va turli sabzavotlar ekardik.
Biz qizlar yerda mehnat qilmasak -da, akalarim, ukalarim ishlashardi.
Chorvamiz ham bor edi. Otam hech bir farzandini bekor va eʼtiborsiz
q
o‘ymasdi, to‘g‘ri, biz bilan suhbatlashgani vaqti deyarli yo‘q edi. Lekin
tarbiyamizni aslo unutmagan. Men otamning kenja ayolidan tu
g‘ilgan kenja
qizi edim.
Аytishlaricha, bobom otamning shogirdi bo‘lgan. Eng go‘zal qizini
ustoziga nikohlab bergan. Onam chindan behad chiroyli ayol edi. Katta
onalarimiz onamni biroz suymasliklarini k
o‘p sezganman. Onam esa buni
k
o‘rmaganga olardi. Hamisha otamni hurmat bilan kutardi. Ongimizda ota
deganda Yer yuzidagi eng ulu
g‘ inson gavdalangan doim. O‘n yoshga
t
o‘lganimda ko‘zguda o‘zimni ko‘p tomosha qilardim. Kundan kun
g
o‘zallashayotganimni yaxshi idrok etganman. O‘sha paytlar Pokistonga