T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 ... Xonimdan s
o‘ng, bu joyga yoshi qirqlarga yaqinlagan bir muslima
keldi. U ham
Аllohga hamd, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga
salovat aytib, gapini boshladi.
– Ismim Shafiqa. Pokistondanman. Lahorda tug‘ilganman.
Muallimamiz Hojar xonim haq gapni aytdilar: mening uzun bir qissam bor.
Bu
o‘z hayotim hikoyasidir. Men buni to‘qimaganman, birovdan eshitib
olmaganman.
O‘zim yashab o‘tgan bir hayot bu. Uni sizlarga oshkor
etaman. Tinglab, albatta, xulosa qiling,
– dedi so‘zga chiqqan muslima
yuzidagi pardaning
o‘zinigina ochib. Аnna bu suhbatdoshining favqulodda
g
o‘zalligidan ilhomlanib ketdi.
– Shafiqa xonim, shu qadar latofatlisizki, G‘arbda bu go‘zallik naqadar
qadrlanishini bilasizmi? Siz sanʼat davralarining ilohasi bo‘la olardingiz! –
dedi
Аnna.
Shafiqa xonim
Аnnaga maʼyus jilmaydi.
– Shunday deng? – dedi mahzun ovozda. – Keling, hikoyamni
boshlay qolay.
– Аlbatta, albatta, – dedi Аnna.
– Otam Lahor madrasalaridan birida mudarris, yaʼni o‘qituvchi edi. U
kishi tabiatan qattiqq
o‘l bo‘lib, hech qachon ko‘ngilbo‘shlik qilmasdi.
Otamning t
o‘rt xotini bor edi. To‘rttovi ham bir hovlida yashardi. Аniqrog‘i,
otam katta hovlini teng t
o‘rt qismga bo‘lgandi. Rahmatli bobomdan qolgan
daromadli tijorat otamni shunday boy va imkonli b
o‘lishiga sharoit bergandi.
Otam t
o‘rt xotinini birdek nazorat qiladi. Hamma xotinlaridan umumiy
hisobda
o‘ttiz farzandi bor. O‘n yetti o‘g‘il, o‘n uch nafar qiz. Otam har bir
ayoliga bir nafardan xizmatchi xodima olib bergan. Bunday katta oilani
boshqarish, yeb
–ichirish oson emas, albatta. O‘ttiz farzandning har birini
tarbiyalash, taʼlim berish, band qilish ham mashaqqat. Otam shuning uchun
b
o‘lsa kerak, doim vajohatli edi. Hamma farzandlar otamdan qo‘rqardik.
Otamning ayollarini aytmasa ham b
o‘ladi. Ular otamdan Аzroildan