T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 ekan.
O‘zi qarayotgan bemorni shogirdiga topshiribdi -da, tezda kelib meni
q
o‘liga olibdi va debdi:
– Robbim yordamchi bo‘lsin! Qo‘rqma, o‘g‘il, bolang Аllohning izni ila
shifo topgay!
Keyin meni supaga yotqizibdi, kiyimlarimni yechib, badanimni nam
mato bilan artibdi. K
o‘zimning ichiga, og‘zimga qarab, yuragimga quloq
tutibdi. Har xil muolajalar qilib, ishi davomida tinimsiz duo
o‘qibdi. Burnimga
qandaydir paxtani tutibdi, hushimga kelib,
g‘ingshibman. Keyin qandaydir
damlamadan bir qoshiq ichiribdi. S
o‘ng ota –onamga qarab, debdi:
– O‘g‘il, kelinni olib musofirxonamizga joylashtir, – so‘ng
shogirdlaridan biriga tayinlabdi.
– Mehmonni musofirxonaga elt.
Xizmatlarida b
o‘l. Barcha hojatlarini ravo et!
... Onam aytadiki, musofirxona katta dargoh ekan. Qashshoqlik
oilalar, yetimlar, bevalar
– hamma uchun alohida –alohida ajratilgan
xonalari bor ekan.
Musofirxonada ota
–onam yuvinib, issiq taom yeyishibdi. Kiyimlar
olishibdi. Biroq onamga hech narsa tatimabdi. U faqat meni
o‘ylabdi. Biroq
Ehson afandi meni bir xonaga olib, hech kimni kiritmabdi.
O‘zi davolabdi.
Uch kundan keyin onamga ruxsat beribdi. Onam oldimga kirsa, oyday
b
o‘lib, pokiza to‘shaklarda yotgan ekanman. Onam quvonganidan rosa
yi
g‘labdi...
BEShINChI BOB
...Shafiqa xonim
o‘z qismati hikoyasini so‘zlaydi:
– Sovchilar mening dunyoyimni zulmatga uloqtirdi, go‘yo. Nahotki,
shu qora olamda abadul abad qolib ketaman? Yer yuzida, uzoq
o‘lkalarda,
masalan, Ovrupoda,
Аmerikada hamma saodatmand yashamoqda. U
yerda barcha insonlar shodu xurram, mening mamlakatimda, mening
oilamda esa quldorlik hukm surayotir! Meni majburlab erga berishmoqchi!