T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 qilmoqdasiz: metafizika, Sharqdagi buddaviylik
g‘oyalari, hatto, ezgulik va
yovuzlik orasidagi kurashlar haqida s
o‘zlovchi zardushtiylik, dao, tay szi,
kungfu taʼlimotlari, badiiy adabiyotlardagi yuksak qarashlarni, sanʼatni,
hamma
–hammasini rad etyapsiz. Аgar Islomni tanlasak, hayotimiz rangini
y
o‘qotib, bir xillikka mubtalo bo‘lmaymizmi? Аrablardan chiqqan dinning
temir qoidalari odamzod erkini cheklab tashlamaydimi? Muhammad
insoniyat pay
g‘ambariman deb aytgani bilan Islom arab xalqlari manfaati
ustiga qurilgandek tuyuladi menga.
Аnna gapini tugatib, Hojar xonimdan javob kuta boshladi.
Tinglovchilarning ayrimlari bu nutqni tushundi, ayrimlari esa biroz
anglamadi, ayrimlari esa fahm ham etmagandi. Hojar xonim
Аnnaga
jilmayib qaradi.
Аnna nutqi davomida biroz hissiylashdi, natijada, yuzi biroz
qizarinqiradi.
– Yevropa universitetlarida, Аmerikada ham, o‘qitiladigan asosiy
kitoblarda Zigmund Freyd, Erix Fromm, Edmund Xusserl, Gadamer, Diltey
kabi faylasuflarning qarashlari qonun deb qabul qilingan, t
o‘g‘rimi, Аnna? –
s
o‘radi Hojar xonim. Аnna tasdiqladi. – Ular falsafada juda chuqur
yondashganlar.
G‘arb faylasuflari Musulmon Sharqida yetishib chiqqan ibn
Rushd, ibn
Аrabiy, al –Forobiy, al –G‘azoliy, ibn Sino, al –Jiliy kabi o‘nlab
olimlarni ham unutib q
o‘ymagan. Shu bilan birga G‘arb falsafasining
o‘zgarmas qoidalari ichida o‘zlari uchun bahsli bo‘lgan bir xulosa ham bor.
Faylasuflar odamzod tabiati, ruhiyati, aqlini tadqiq eta
–eta koinotdagi Oliy
Аql haqida bir gapni o‘ylab topdilar. Freyd, Fromm kabi faylasuflar mif
degan atamani k
o‘p tushuntirishdi. Odam ongidagi har qanday xayol mifdir
deyishdi. Mif insoniyat genida saqlangan uxloq axborotlardir deyishdi. Inson
biologik mayllarini tiysa, hech qachon baxtli b
o‘la olmaydi deyishdi. Oliy Аql
o‘z –o‘zidan bor, u hamma narsaning asosi, u turli shakllarda o‘zini
namoyish etadi deyishdi. Mif Oliy
Аqlning mevasi deyishdi. Odamzodning
ruhoniy
–maʼnaviy ehtiyojlari Oliy Аqlning bir belgisi deyishdi. Barcha