T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 sajdaga q
o‘yganda qalblarda Robbisiga taslimiyat va muhabbat
t
o‘lqinlanadi. Bu mening ona tuprog‘im, Xo‘tandir. Ming nadomatlar
b
o‘lsinki, to‘rt yoshimda bu jannatni tark etdim. Zotan, oilamiz bilan o‘z
yurtimizdan qochishga majbur edik. Otam fizika muallimi edi.
U fanni yaxshi bilardi. Davlat idoralarida, chet davlatlarda tanishlari
k
o‘p edi. Xitoy zulmi oshib borgani sayin u o‘z oilasini, jonini, iymonini,
molini qutqarish uchun avvaldan hijrat xayolida yurgan. Xitoy askarlari
X
o‘tanga bostirib kirgach, vaziyat qo‘ldan ketgani maʼlum bo‘ldi. Esimda,
otam yarim tunda safar hozirligini ko
‘rarkan, onamga bunday dedi:
«Аzizam, Xitoy yurtimizni bosib oldi. Biz vatanni bosqinchiga berib qo‘ydik.
Endi quv
g‘indi bo‘lamiz yo chuvrindi! Bu yerda qolsak, chuvrindimiz.
Qochsak, quv
g‘indimiz. Farzandlarimiz kelajagi uchun ham, iymon va
Islomimizni saqlash uchun ham qochamiz. Tanishlarim bilan gaplashib
q
o‘yganman. Bugun Qirg‘izga o‘tamiz. U yerdan Kobulga yo‘l olamiz.
Kobuldan Turkman orqali Mashhadga, Mashhaddan Turkiyaga yetib
olamiz. Bundan keyin yo Turkiyada, yo Ovr
o‘poda muhojir bo‘lamiz. Chunki
Qir
g‘iz, Turkman Sovetning qo‘lida, Аfg‘on urush ichida, Eron bizga bir
qadar begona, u yerda ham vaziyat o
g‘ir. Аzizam, yo‘limiz mashaqqatli,
sabrli b
o‘lamiz! Onam otamga behad itoatli edi. Umrim davomida Onamni
hamisha Otam qarshisida itoatda k
o‘rdim. Biror marta noligani esimda yo‘q.
Ochman, non ber, demadi Onam. Tilidan chiqqan kalomi: «Siz nima
desangiz, shu» bo‘ldi. Shuning uchunmi, biz farzandlar shuncha ko‘ch –
k
o‘ch, shuncha qoch –qoch ichida na qo‘rquvni, na bezovtalikni sezmadik.
Hijrat paytida oilada ikki farzand bor edi.
Аkam Solih va men. Ota –onam
tongda tayyorgarlikni tugatishdi. Ikkisi namoz
o‘qishdi. Uzoq duo qildilar.
Keyin ot aravaga chiqib, tong qoron
g‘usida Qirg‘iz chegarasiga yo‘l oldik.
Otam baquvvat inson edi. Milti
g‘i bor edi. Barcha yuklarimiz ikki ot aravani
t
o‘ldirdi. Onam va ikki o‘g‘il uchinchi aravada edik. Otam birinchi aravani
boshqarib borardi. Uch kun tinmay yurdik.
Аlhamdulillah, bexatar holda