T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Аsl basharangizni ochdingiz, ofarin! Ko‘zbo‘yamachilikka o‘ylab
topgan qonunlaringizni behayolarcha pesh qilishingiz-chi! Moyimxonning
shikoyati yuzasidan esa bitta s
o‘z aytmayman ham, yozmayman ham!
– Mard ekansiz-da, Аbdullohbey! – to‘satdan tirjaydi tergovchi. –
Shunday jinoyatlarni b
o‘yningizga qo‘yamanki, iqror bo‘lsangiz ham,
b
o‘lmasangiz ham, bemalol kamoqqa kirib ketaverasiz!
– Qo‘lingizdan kelganini qiling, janob tergovchi! – Аbdulloh shunday
deb
o‘rnidan turdi. – Mirshablarga ayting, kameramga kuzatib qo‘yishsin!
Tergovchi tashqariga chiqdi, Tublibek ovozi qaltirab, yalinggannamo
dedi:
– Аbdullohbey, tergovchidan kechirim so‘rang! O‘zingizga qiyinchilik
tu
g‘dirmang!
– Xavotirlanmang, hasbiyallohu va niʼmal Vakiyl! – dedi Аbdulloh
qatʼiy. – Siz ota-onamga qo‘ng‘iroq qildingizmi? Menga shuni ayting!
Tublibek javob berishga ulgurmadi, ikki mirshab kirdi va
Аbdullohning
q
o‘lini qayirib, olib ketdilar.
Аbdulloh o‘z kamerasiga emas, zinalar orqali yer tagiga, nim
qoron
g‘u, chirog‘i xira miltirayotgan yo‘lakka tushayotganini ko‘rib, baqirdi:
– Meni qayoqqa olib ketyapsanlar! Qo‘yib yubor! – deb siltandi.
Yer tagida uzun, oxiri k
o‘rinmaydigan, eni ikki quloch keladigan
y
o‘lakka tushdilar. Beton devorlarda o‘rgimchak to‘ri yiltiraydi. Dimoqqa
«gup» etib yiring, qon, zax, najosatning aralash isi urildi. Hammayoqdan
ingroq ovozlari taralardi.
– Sening tiling juda uzun ekan, kelgindi, – dedi mirshablardan biri. –
Tili uzunlar bilan yaqindan tanishib ol -chi!
Ikkinchi mirshab xiringladi. Birinchi temir eshikning qarshisida
t
o‘xtadilar. Yo‘lakning nariga tomonidan mirshab kiyimida baland bo‘yli,
tirtiq labli, bes
o‘naqay bir nusxa ularning oldiga keldi.
– Kimni keltirdinglar? Yangisimi? – deb so‘radi xirillagan tovushda.