moddiy olamga bog‘liq bo‘lmagan, o‘z-o‘zicha mavjud «mutlaq g‘oya»
darajasiga ko‘taradi. Aflotunning ta’limotiga ko‘ra, g‘oyalar birlamchi,
abadiy va o‘zgarmas bo‘lib, ular «haqiqiy borliqni» ifodalovchi o‘ziga xos
olamni yaratadi. Shuning uchun ham haqiqat va bilimni hissiy idrok va
sezgilardan emas, aynan sof tushunchalar va g‘oyalardan izlash lozim.
Aflotun dialektikasi tushunchalar haqidagi ta’limot bo‘lib, uning
asosiy usuli esa tushunchalarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Unda
tushunchalarni shakllantirish amali Suqrotning induksiya va aniq hayotiy
misollarni keltirish usullariga asoslangan holda amalga oshirilgan.
Aflotun tushunchalarning hajmi va mazmuniga ko‘ra turlarga
bo‘linishini hamda ularning o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan
sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan munosabatlarni muayyan bir tizim
sifatida tasvirlab, piramidaning eng yuqori cho‘qqisiga «g‘oyalar
g‘oyasini» qo‘yadi. Barcha tushunchalarni umumiy juft kategoriyalarga
birlashtiradi. Ular jumlasiga «borliq va yo‘qlik», «aynanlik va tafovut»,
«harakat va tinchlik», «birlik va ko‘plik», «miqdor va sifat» kabi
kategoriyalar kiradi.
Aflotun «Fedon» va «Davlat» deb nomlanuvchi asarlarida
ziddiyatsizlik va yetarlicha asos qonunlari haqidagi fikrlarni rivojlantiradi.
Jumladan, «Fedon»da ziddiyatsizlik qonuni quyidagicha tushuntiriladi:
«Har qanday muayyan bir alohidalikka ega bo‘lgan narsa, ayni bir vaqtda
va ayni shu munosabatda bir-birini istisno etuvchi ziddiyatli
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin emas»
7
. Aflotun bu prinsipning
to‘g‘riligini bir necha hayotiy misollarni keltirish yo‘li bilan isbotlaydi.
Aflotun o‘zining yana bir «Parmenid» deb ataluvchi asarida ayniyat
qonunining mohiyatini haqiqiy borliqning doimiy va o‘zgarmasligiga
aynan mos keluvchi haqiqiy g‘oyada, deb biladi. Ayni bir vaqtda
tafovutlardan batamom xoli bo‘lgan alohida bir butunlikning bo‘lishi
mumkin emasligini va aksincha, o‘zaro bir-birini taqozo qiluvchi qarama-
qarshi tomonlarning bo‘lishi mumkinligini ham e’tirof etadi.
Aflotunning tafakkur shakli sifatida hukm tahliliga oid fikrlari
ko‘proq «Sofist» va «Teetet» asarlarida keltiriladi. Masalan, Aflotun
ijodining dastlabki davrida tushuncha tafakkurning elementar shakli deb
atalgan bo‘lsa, «Teetet»da hukm tushunchalar asosida tuzilgan yangi birlik
sifatida izohlanib, o‘zining mantiqiy-grammatik tuzilishiga ko‘ra ega va
kesimning o‘rnida kelgan subyekt va predikatdan iborat bo‘lgan
tasdiqlovchi yoki inkor turlariga bo‘lingan. Mazkur asarda keltirilishicha,
7
Dostları ilə paylaş: