O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mantiq fanining huquqshunoslik fanlari va amaliyoti



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

4. Mantiq fanining huquqshunoslik fanlari va amaliyoti 
uchun ahamiyati 
Ma’lumki, inson fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘zining xatti-
harakati, hayotiy faoliyati va turmush tarzini aynan shu qobiliyat asosida 
tuzadi, tartiblashtiradi hamda boshqaradi. Bu jarayonlar o‘z holicha, 
tartibsiz kelmasdan, balki, muayyan mantiqiy qonunlarga asoslangan 
holda kechadi. Inson o‘zida bu qonun-qoidalarni va ularga to‘g‘ri amal 
qilish ko‘nikmasini mantiq ilmini o‘rganish jarayonidagina shakllantiradi. 
16


Chunki mantiqni bilish insonning fikrlash qobiliyatini oshiradi, aniq va 
izchil fikrlash, o‘zining va suhbatdoshining mulohazalarida xatoliklarga 
yo‘l qo‘ymaslik, mabodo shundaylari uchrab qolsa, ularni ko‘rsata bilish, 
lozim bo‘lsa, to‘g‘rilash kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bu esa mantiq 
inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, huquqni muhofaza qilish 
bilan bog‘liq amaliyotiga ham taalluqli ekanidan dalolat beradi. 
Huquqning nazariy va amaliy sohalarida huquqiy qonun-qoidalarni 
sharhlash, huquqiy normalarni qo‘llash va ularni keng xalq ommasiga 
targ‘ib va tashviq qilish huquq-tartibot xodimlaridan yuksak tafakkurni 
taqozo etadi. 
Mantiq fanining huquqshunoslik fanlari nazariyasi va amaliyotidagi 
o‘rni beqiyosdir. Huquqshunoslikda uchraydigan tushunchalar, xulosalar, 
qonunlar, shartnomalar, xullas, barcha amaliy-huquqiy jarayonlarni anglab 
yetish zamirida mantiqiy muhokama yuritish madaniyati yotadi. Aksincha, 
mantiqiy fikr yuritish qonun-qoidalariga rioya qilmaslik, boshqa sohalar 
singari huquqshunoslik faoliyatida ham aksariyat hollarda tanazzulga yuz 
tutishga olib keladi. Binobarin, huquqiy davlatda biror-bir huquqiy xatti-
harakatni to‘la baholash, unga to‘la adolat bilan yondashish nafaqat 
huquqiy savodxonlikni, balki tafakkur madaniyatining qonunlarini hamda 
amallarini bilishni taqozo etadi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining mantiq ilmini bilgan, uning 
qonun-qoidalaridan to‘g‘ri foydalana olgan xodimi o‘z faoliyati davomida 
ko‘pgina ijobiy natijalarga erishishi mumkin. Haqiqatan ham
jinoyatchilikka qarshi kurashishda, uning oldini olishda erishilgan 
yutuqlar, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish organlari xodimining o‘z 
ishini qanchalik to‘g‘ri va izchil tashkil etishiga bog‘liqdir. Jumladan, 
tezkor-qidiruv faoliyatida to‘g‘ri tuzilgan taxmin jinoyatning ochilishiga 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuningdek, mantiqning qonun-qoidalarini bilish huquqiy amaliyot 
bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarga sudda mantiqan to‘g‘ri, inkor etib 
bo‘lmas dalillarga asoslangan holda izchil so‘zlash, tergov jarayonida 
jabrlanuvchi, ayblanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalaridagi ziddiyatli 
holatlarni aniqlash va ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarish hamda o‘z 
muxoliflarining asossiz fikrlarini o‘rinli rad etish kabi professional 
mahoratlarini oshirishda yordam beradi. 
Hozirgi kunda mantiqiy tafakkurning huquqni muhofaza qilish 
organlari xodimlarining amaliy va nazariy faoliyatidagi ahamiyati dolzarb 
bo‘lib turibdi. Mamlakatimizda keng avj olgan islomiy qadriyatlarga 
murojaat qilish, fiqh olimlarning asarlarini o‘rganish va ulardan huquqiy 
davlatning prinsiplarini ishlab chiqishda foydalanish ayni muddaodir. Shu 
17


o‘rinda oliy malakali huquqshunoslarning bugungi kungacha urf bo‘lgan 
G‘arb qonunchiligining tarixini chuqur o‘rganishlarini ajdodlarimizning 
ma’naviy-huquqiy meroslarini tahlil va tadqiq etish bilan to‘ldirish lozim.

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin