bilan tuzgan shartnomasi haqida bo‘lib, unga binoan Evatl o‘z ustoziga
olgan ta’lim-tarbiyasi uchun haqni birinchi yutib chiqqan sud jarayonidan
berishi lozim bo‘ladi. Protagor Evatldan o‘z haqini talab qilganda,
shogirdi hali birorta ham sud jarayonida qatnashmaganligini vaj qilib
ko‘rsatadi. Darg‘azab bo‘lgan Protagor o‘z shogirdini sudga berishi va
unda yutib chiqsa, sud qaroriga binoan, mag‘lub bo‘lsa, o‘zlarining
shartnomalariga binoan, xullas, har ikki holda ham Evatldan o‘z haqini
undirib olishini ta’kidlaydi. Lekin shogirdi Evatl ham bo‘sh kelmasdan,
ustozining aforizmini uning o‘ziga qaytarib, har ikki holda ham to‘lovni
to‘lamasligini isbotlashga harakat qiladi
6
. Mazkur sofizm uzoq vaqt o‘z
yechimini topa olmaydi, faqat Leybnitsgina o‘zining asarlarida bunga
aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘ladi.
Qadimgi Gretsiyada birinchi bor mantiq tizimini Demokrit
(mil. oldingi.460 – 370) yaratishga harakat qiladi. Uning mantiq ilmiga
bag‘ishlangan «Mantiq to‘g‘risida» yoki «Qonun» deb nomlanuvchi uch
kitobdan iborat asarining ma’lum bir qismlarigina bizgacha yetib kelgan.
Demokrit «Mantiq to‘g‘risida»gi asarida Protagor qoidasidan uning
o‘ziga qarshi foydalanadi. Demokritning fikricha, agar Protagor
o‘rgatganidek, tasavvur qilingan narsaning barchasi haqiqat bo‘lsa, u
holda Protagor qoidasiga qarshi chiqish ham haqiqat bo‘lib chiqadi.
«Masalan, – deydi Demokrit: —agar kimdir hamma narsa ham haqiqat
emas deb tasavvur qilsa, u holda bu fikrning o‘zini ham haqiqat emas deb
tan olishi lozim bo‘ladi. Modomiki, shunday ekan, u holda Protagorning
hamma narsa haqiqat, degan qoidasining yolg‘onligi o‘z-o‘zidan ma’lum
bo‘lib qoladi»
1
. Demak, Demokrit mazkur bahs orqali haqiqatni hech
kimning fikriga bog‘liq bo‘lmagan holda obyektiv ekanligini isbotlab
bergan, degan xulosaga kelishimiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Demokritning ta’kidlashicha, haqiqatga hissiy bilish, alohida faktlarni
kuzatish va ularni aql yordamida umumlashtira olish orqaligina erishish
mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, hissiy idrok Demokritning mantiq
tizimida tafakkurning birlamchi elementi sifatida tahlil qilinadi. Bilishning
keyingi bosqichida alohida faktlarni hissiy idrok qilish orqali olingan
ma’lumotlardan sodda hukmlar tuzilishi e’tirof etiladi. Sodda hukmlar esa
o‘z navbatida subyekt va predikatdan iborat bo‘ladi.
Demak, ko‘rib turganimizdek, Demokrit o‘zining mantiq tizimida
bilish dialektikasini hissiy idrokdan boshlab xulosalarga, undan
6
Dostları ilə paylaş: