Tafakkur qonunlari davlat tomonidan o‘rnatiladigan qonunlardan
farqli ravishda odamlar tomonidan o‘rnatilmaydi.
Ular insonning xohish
irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllanadi hamda narsa va
hodisalarning muayyan jihatlarini aks ettiradi. Lekin ular narsa va
hodisalarning qonuni hisoblanmaydi.
Mantiqiy qonunlar inson bilishining ko‘p asrlik tajribasi bilan
bog‘langan narsa va hodisalarning xususiyatlari va aloqalarini o‘zida aks
ettiradi.
Mantiq qonunlari tafakkur tarkibining
elementlari va fikrlashning
shakllari – tushuncha, hukm, xulosalar o‘rtasidagi to‘g‘ri
bog‘lanishlarning zaruriy shartidir.
Dostları ilə paylaş: