O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Закуев А. К. Из истории Арабоязычной логики средних веков. – Баку, 
1971. – С. 20.
29


Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan 
Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga 
qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay 
olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini 
keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va 
uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining 
ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga 
o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada 
ko‘tarilishiga erishdi. 
Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), 
«Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi 
analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara 
«Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» 
(Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli 
hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin. 
Forobiy o‘zining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi, 
vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonun-
qoidalari, usul hamda amallari haqida keng ma’lumotlar bergan. 
Jumladan, mantiq fanining predmeti va tushunchasining etimologiyasi 
haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat 
qiladi. Uning fikricha, greklar mantiqni uch ma’noda: 
– fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida; 
– 
inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l 
ko‘rsatuvchi so‘z sifatida; 
– olamni bilish uchun insonga in’om etilgan ichki ruhiy kuch sifatida 
tushunishgan.
Mazkur ta’riflarni to‘ldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan 
qonun-qoidalar asosida insonning fikrlash intellektini yo‘naltiruvchi va 
takomillashtiruvchi fan» deb ta’rif beradi. Ushbu ta’rifni yanada 
aniqlashtirsak, Forobiy asarlarida mantiq fanlarning fani sifatida 
tafakkurning qonun-qoidalarini o‘rganuvchi bosh fan, hatto san’at deb 
baholanadi. Faqat tafakkur qonunlarigina bizga chin haqiqatni ochib bera 
oladi. Forobiyning ta’kidlashicha, ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon 
yolg‘onligini yoki qachon xatoga yo‘l qo‘yganligimizni bila olmaymiz. 
Qolaversa, haqiqat zaminida yotgan qarama-qarshiliklar va ularning 
yechimlarini topa olmaymiz
11
.
11
Бурабаев М. С. и др. О логическом учении аль-Фараби. – Алма-Ата, 1982. 
– С.75–76.
30


Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur 
shakllari juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm, 
uning paydo bo‘lish asoslari, figura va moduslari ko‘p o‘rganilgan. 
Forobiyning ta’riflashicha, tushuncha – universal tabiatga ega, hissiy idrok 
qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari
Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va 
amallari, turlari hamda ularning o‘rtasidagi munosabat masalalari ham 
keng o‘rin olgan. 
Forobiy o‘z mantig‘ida sillogizmlar ta’limotiga katta e’tibor beradi. 
Sillogizm ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib 
chiquvchi xulosaning o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Forobiy falsafa, 
dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik san’at 
turlarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap 
ketganda, uni katta asos, kichik asos va natija kabilarga bo‘ladi. 
Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga ya’ni katta, kichik va o‘rta 
terminlarga bo‘ladi hamda har biriga alohida ta’rif beradi. 
Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning 
xizmati Arastuning mantig‘i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga 
muvaffaq bo‘lganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom 
olgan yangi yo‘nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi.
Markaziy Osiyoning yana bir mashhur mutafakkirlaridan biri, Forobiy 
mantig‘ining davomchisi, Sharqda «Shayhur-rais» (Olimu-ulamolar raisi) 
degan nufuzli unvonga sazovor olim Abu Ali ibn Sinodir. Uning 
tibbiyotga, falsafa va mantiqqa oid «Kitob ash-Shifo», «Kitob an-Najot», 
«Kitob al-Ishorat» kabi ko‘plab asarlari bizgacha yetib kelgan. Jumladan, 
«Kitob ash-Shifo» asari 18 ta qismdan iborat bo‘lib, ulardan 9 tasi 
bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlanadi. Ularda mantiqqa kirish, 
tushuncha, hukm, sillogizm, isbot, yo‘l qo‘yilish mumkin bo‘lgan 
mantiqiy xatoliklar va ularning oldini olish yo‘llari haqida gapiriladi. 
Ibn Sinoning fikricha, grammatika to‘g‘ri gap tuzishning qonun-
qoidalarini o‘rgatgani kabi, mantiq ham tafakkurning qonun-qoidalarini 
o‘rganadigan fandir. U har qanday fikrni ifodalashda til-belgi tizimining 
o‘ziga xos o‘rin tutishi haqidagi ta’limotni ham yaratadi. Ibn Sino fikrning 
dastlabki shakli – tushuncha, uning shakllanish asoslari, turlari haqida 
gapirib, ularni yakka va umumiy qismlarga ajratadi. Ibn Sinoning fikricha, 
yakka tushunchalar faqat yagona predmetga xos bo‘lib, undan boshqasiga 
tegishli bo‘lmaydi. Umumiy tushunchalar esa o‘z ichiga birdaniga bir 
necha predmetlarni qamrab oladi. Har qanday narsa va hodisa muayyan 
bir tushunchada aks ettiriladi. Narsa va hodisalarning eng muhim, umumiy 
31


belgilarini esa ta’riflarda ifodalash lozim. Ibn Sinoning mantig‘ida 
ta’riflashdan tashqari, «tavsiflash» mantiqiy amalidan ham foydalanish 
zarurligi ta’kidlanadi.
Ibn Sinoning mantig‘ida hukm haqidagi ta’limot muhim o‘rinni 
egallaydi. Hukmlarning turlariga kelsak, ular uch sinfga bo‘linadi. 
Birinchisi qat’iy hukmlar bo‘lib, ularda mazkur belgining muayyan 
predmetga xosligi tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Ikkinchi va uchinchi 
hukmlarga shartli hukmlar kiritiladi. Ular esa o‘z navbatida shartli 
birlashtiruvchi va shartli ayiruvchi hukmlarga bo‘linadi. Bu ta’limotda 
hukm modalliklari haqida ham ko‘p fikrlar keltiriladi. 
Ibn Sino mantig‘ida sillogizm, uning figura va moduslari, isbotlash va 
uning turlari, shuningdek, sofizmlar haqidagi ta’limotlar ham katta o‘rinni 
egallaydi. Ibn Sino mantig‘ining davomchilari sifatida uning shogirdlari 
ozarbayjon mutafakkiri Baxmanyor va arab faylasufi Ibn Roshidlarni 
ko‘rsatishimiz mumkin. Baxmanyorning mantiqqa oid eng mashhur asari 
«Kitob at-tahsil»dir. Mazkur asarda mutafakkir mantiqni ilmiy san’at 
sifatida ta’riflab, uning asosiy vazifasi insonlarni to‘g‘ri fikrlashning qoida 
va prinsiplariga o‘rgatishdan iborat, deb ta’kidlaydi.
Baxmanyor tasavvurida bilishning usuli va jarayoni bu, eng avvalo, 
umumiy tushunchalardan juz’iy tushunchalarga borishdir. Bundan 
tashqari, mantiq ikki qismdan iborat deb ta’kidlanadi. Birinchi qismda 
mantiqiy amal bo‘lmish – ta’riflar, ikkinchi qismda esa hukm va xulosalar 
o‘rganiladi. Baxmanyorning fikricha, mantiq aslida insonga to‘g‘ri 
fikrlash qoidalarini o‘rgatuvchi ilmiy san’atdir. Lekin sog‘lom fikrli inson 
bu qonunlarni maxsus o‘rganmagan bo‘lsa ham, o‘z fikrini mantiqan 
to‘g‘ri va atrofdagilar uchun tushunarli tarzda ifodalash qobiliyati va 
ko‘nikmasiga egadir. Bu fikrlar Baxmanyorni mantiqning ilmiy san’at 
sifatidagi ahamiyatidan uning hayotiy-amaliy ahamiyatini ustun qo‘yishga 
molikligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotlab bermoqda. 
Yana bir mashhur mantiqshunos olim sifatida Ibn Roshidni 
ko‘rsatishimiz mumkin. Uning «Taxafut al-taxafut» kitobi bevosita 
mantiqqa bag‘ishlangan asar hisoblanadi. Bundan tashqari, u ham Forobiy 
singari Arastuning bir necha kitoblariga sharhlar yozganligi bilan 
mashhur. Eng asosiysi, agar Forobiy Arastuni Sharqqa tanitgan bo‘lsa, Ibn 
Roshid Yaqin va O‘rta Sharqdagi eng ilg‘or mutafakkirlarning g‘oyalarini 
Yevropaga targ‘ib qilgan olim. Shuningdek, mantiq ilmida Ibn Roshidning 
modalliklar haqidagi ta’limoti juda qimmatlidir. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mantiq ilmining rivojida alohida 
maktab maqomiga ega bo‘lgan arab mantig‘ining yaratilishi va 
32


shakllanishida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘rni juda ham 
beqiyosdir. Markaziy Osiyo mutafakkirlarning jahon madaniyati 
taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida Prezident I. A. Karimov quyidagi 
juda ham o‘rinli fikrlarni bildiradi: – «Kishilik taraqqiyotiga o‘zining 
o‘chmas ulushini qo‘shib, mamlakatimiz shuhratini olamga taratib, tarix 
sahifalariga abadul-abad muhrlagan Muhammad al-Xorazmiy, Abu 
Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, imom al-Buxoriy, imom at-
Termiziy, Bahoviddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug‘ 
siymolarni yetishtirgan millat har qancha g‘ururlansa arziydi»
12
.

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin