Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Mantiqiy qonunning yuridik qonunlar bilan o‘zaro aloqadorligi nimada
ifodalanadi?
2. Mantiqiy qonunning turlari haqida tushuncha bering.
3.
Quyidagi muhokamalarda mantiqning qaysi qonuni talablarining
buzilganligini aniqlang:
3.1. Balog‘at yoshiga yetmaganlar harbiy xizmatga chaqirilmaydi.
Salimov harbiy xizmatga chaqirilmagan.
Demak, Salimov balog‘at yoshiga yetmagan.
3.2. «Kecha Akademiyaning ishxonasida naryadda bo‘lganligim uchun falsafa
fani bo‘yicha bugungi ma’ruza darsida uxlab qoldim» (Tinglovchining tushuntirish
xatidan).
4. Quyidagi ikki versiya (taxmin)ga uchinchisini istisno qonunini qo‘llash
mumkinmi?
4.1. Harbiy qismning kiyim-kechak omborida aniqlangan kamomad noma’lum
shaxslar tomonidan amalga oshirilgan o‘g‘rilikning natijasidir.
4.2. Harbiy qismning kiyim-kechak omborida aniqlangan kamomad ombor
xizmatchisi erkin yollangan fuqaro S. ning hech qanday nazoratsiz ombordagi kiyim-
kechaklarning kam miqdorda, doimiy ravishda yashirincha olib chiqishga muvaffaq
bo‘lganligining natijasidir.
5. Quyidagi hukmlarda mantiqiy qonun talablarining ifodasini ko‘rsatib bering.
5.1. Fuqaro S.ning qilgan harakati O‘zbekiston Respublikasi JKda o‘g‘rilikdir.
5.2. Fuqaro S.ning qilgan harakati O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-
moddasiga ko‘ra, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish deb
ta’riflanadi.
6. Quyidagi muhokamalarning chinlik yoki yolg‘onlik holatlarini mantiqning
qaysi qonuni asosida tushuntirib berish mumkin?
45
6.1. Ayblanuvchi K.ning bergan ko‘rsatmalari yolg‘on hisoblanadi.
6.2. Ayblanuvchi K.ning bergan ko‘rsatmalari chin hisoblanadi.
7. Quyida keltirilgan gapdagi tagiga chizilgan so‘zlar qavs ichidagi so‘zlar bilan
almashtirilsa, ularning o‘rtasidagi aynanlik saqlanib qoladimi?
7.1.
Ichki ishlar vazirligidan chiqqan buyruqlar (ko‘rsatmalar, qarorlar)
tizimdagi barcha boshqarma va bo‘linmalar uchun me’yoriy hujjat hisoblanadi.
7.2. Har kim fikrlash (so‘z, e’tiqod) erkinligi huquqiga ega.
8. Mantiqiy qonunlarni bilish va ulardan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi hosil
bo‘lishining yuridik amaliyot uchun ahamiyati haqida gapirib bering.
46
|