O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Tushunchaning turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

2. Tushunchaning turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar 
Tushunchaning turlari haqida gapirishdan oldin ularni turlarga 
bo‘lishning eng asosiy mezoni bo‘lmish tushunchalarning hajmi va 
mazmuni haqida tasavvur hosil qilishimiz lozim. Tushunchaning hajmi va 
mazmuni uning mantiqiy tarkibini tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi deb, uning mohiyatini tashkil etuvchi 
predmetlarning yig‘indisiga aytiladi. 
Tushuncha o‘zida bir turkumga mansub narsa va hodisalarni 
birlashtiradi. Masalan, «inson», «yulduz», «jinoyat» tushunchalari. 
Bularning har biridan o‘z hajmiga bog‘liq bo‘lgan boshqa tushunchalar 
doirasida ham foydalanish mumkin. Jumladan, «inson» tushunchasida 
o‘tgan, hozir va kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha 
odamlar haqidagi bilimlar mujassamlashtiriladi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tushunchaning mantiqiy tuzilishi bir 
tomondan uning hajmi bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan mazmuni bilan 
ifodalanadi.
Narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilarining 
yig‘indisiga tushunchaning mazmuni deyiladi. Ta’riflardan ko‘rinib 
turibdiki, tushunchaning mazmuni, unda ifodalanishi mumkin bo‘lgan 
barcha muhim belgilarni aks ettirar ekan. Masalan, «ziyoli o‘qituvchi». 
«Ziyoli» tushunchasi o‘zida madaniyat, ilm, ma’naviyat sohibini 
gavdalantiradi. 
Tushuncha hajm va mazmun birligidan iborat. Shuning uchun hajmsiz 
mazmunli, mazmunsiz hajmli tushunchalar bo‘lmaydi. 
Tushunchalarning hajmi va mazmuni o‘rtasidagi munosabat shakl va 
mazmun o‘rtasidagi o‘zaro teskari nisbat qonunidagidek namoyon bo‘ladi. 
Ya’ni, tushunchalar hajmining kengayishi ular mazmunining 
mavhumlashuviga, hajmning qisqarishi mazmunning boyishiga olib 
keladi.
Masalan, «jinoyat» iborasining hajmi keng, mazmunini ifodalovchi 
muhim belgilari ham nisbatan mavhum. 
«O‘g‘rilik» so‘zi hajm jihatidan jinoyatdan torroq, lekin mazmunan 
boy. 
Mazkur teskari nisbat qonuni hamma tushunchalarda emas, balki 
ba’zi turdagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi. Buyumlarni umumiy 
belgilarga qarab ajratish tushunchalarni turga ajratishdir. Tushunchada 
ifodalangan hodisalar guruhi hajm jihatidan munosabatlariga qarab jins va 
tur guruhlariga bo‘linadi. Jins turga nisbatan keng bo‘ladi. 
50


Demak, narsa va hodisalar bir xildagi jins va tur guruhlariga oid 
bo‘lgandagina ularning o‘rtasidagi hajm va mazmun munosabatlarining 
teskari aloqadorligini ko‘rishimiz mumkin. Aks holda, bu munosabat 
amalga oshmaydi. Masalan, «uy» tushunchasining hajmi qanchalik 
kengaymasin, «poeziya» tushunchasi torayib qolmaydi yoki aksincha.
Hajm va mazmun tushunchani turlarga bo‘lishning eng asosiy mezoni 
hisoblanadi. Mazkur mezonga binoan tushuncha muayyan turlarga 
bo‘linadi. 
Tushunchalar hajmiga ko‘ra, nol (bo‘sh), yakka, umumiy 
chegaralangan yoki umumiy chegaralanmagan tushunchalarga bo‘linadi. 
Nol tushunchalar – insoniyat tajribasida uchramagan, fanda qayd 
etilmagan narsa va hodisalarni ifodalovchi hajmsiz tushunchalar. Masalan, 
shayton, ajina, farishta va boshqalar. 
Yakka tushunchalar ayrim, alohida predmet, hodisa va jarayonlarning 
umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Masalan, Sirdaryo, General 
Rahimov, Samarqand shahri va boshqalar. 
Umumiy tushunchalar – bir yoki bir necha guruh narsa va 
hodisalarning muhim, umumiy tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalardir. 
Masalan, yulduz, fabrika, jinoyat, jamiyat. 
Umumiy tushuncha bilan yakka tushunchalar orasida jamlovchi yoki 
boshqacha aytganda, to‘planma tushunchalar alohida o‘rin egallaydi.
To‘planma tushunchalar – bir to‘plam, bir guruh predmetlarning 
butun, yaxlit holatda aks etishi. Masalan, xalq – kishilarning to‘plami, 
militsiya – ichki ishlar organlari xodimlarining to‘plami, armiya – 
askarlarning hamda harbiylarning to‘plami. Lekin askar va odam 
tushunchalari to‘planma emas. Chunki bu tushunchalar to‘plamni emas, 
balki bir guruh predmetlarni aks ettiradi. 
Chegaralangan tushunchalar – tushunchalarning narsa va hodisalarni 
hisoblash imkoniyatini vujudga keltiruvchi xislatga ega bo‘lishi. Masalan, 
«Akademiyaning tinglovchilari», «1- kurs rahbar zobitlari» va boshqalar. 
Chegaralanmagan tushunchalarda narsa va hodisalarning tarkibidagi 
son-sanoqsiz holati namoyon bo‘ladi. Masalan, atom, yulduz, mikrob va 
boshqalar. 
Tushunchalarning mazmuniga ko‘ra turlari quyidagilardan iborat: 
aniq, mavhum, ijobiy, salbiy, nisbatli hamda nisbatsiz tushunchalar. 
Aniq tushunchalar – obyektiv borliqdagi moddiy holatda mavjud 
bo‘lgan narsa va hodisalarni real aks ettiruvchi tushunchalar. Aniq 
tushunchalar predmetlarning belgilarini yaxlit belgilaydi. Masalan, shahar, 
haykaltarosh, militsioner va h. k.
51


Narsa-hodisalarning sifat yoki munosabat belgisini predmetning 
o‘zidan ajratilib, mustaqil holda aks ettiruvchi tushuncha mavhum 
tushuncha deb aytiladi. Mavhum tushunchada narsa va hodisalar emas, 
balki ularning qandaydir bir xususiyat yoki munosabati yaxlit, mavjud 
narsa shaklida in’ikos ettiriladi. Masalan, qahramonlik, sotqinlik, mardlik, 
johillik. 
Ijobiy tushunchada esa narsa va hodisalarga xos sifatlarning 
mavjudligi ifodalanadi. Masalan, obro‘li kishi, madaniyatli milisioner. 
Narsa va hodisalarga muayyan sifatlarning mansub emasligi salbiy 
tushunchalarda qayd etiladi. Masalan, vijdonsiz, intizomsiz, savodsiz va 
boshqalar. 
Demak, ijobiy va salbiy tushunchalar tushunchaning mazmuniga 
qarab, buyumlarda belgining borligini tasdiqlashi yoki uni inkor etishi 
bilan bir-biridan farq qiladi. Ammo ijobiy va salbiy tushunchalarni ularga 
nisbatan bizning munosabatimiz bilan almashtirish xatodir. Masalan, 
millatchi, bosqinchi, jinoyatchi. 
Salbiy holatlarni ifodalasa-da, bu tushunchalar mantiqda ijobiy 
tushunchalar deb ataladi. 
Mazmuniga ko‘ra tushunchalar nisbatli va nisbatsiz tushunchalarga 
bo‘linadi. 
Nisbatli tushunchalar buyumlarda o‘zga buyumlar bilan muayyan 
aloqadorlik mavjud ekanligini ifodalaydi. Masalan, ota-bola, aka-uka va 
boshqalar. 
Nisbatsiz tushunchalar buyumlarning mustaqil mavjudligini ifoda 
etadi. Masalan, oy, yulduz, jinoyat, qonun kabilar. 
Tushunchalar taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarga 
bo‘linadi. 
Taqqoslanadigan (qiyoslanadigan) munosabatlar o‘zaro muhim va 
umumiy belgilarga ega bo‘lgan tushunchalar orasida sodir bo‘ladi. 
Masalan, tarix, adabiyot, mantiq, falsafa kabi tushunchalarning o‘rtasidagi 
muhim umumiylik ularning barchasi fan ekanligi, ya’ni fanning turli 
tarmoqlari ekanligida. 
Taqqoslanmaydigan (qiyoslanmaydigan) munosabatlar o‘zaro 
umumiy jihatlari bo‘lmagan buyumlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. 
Masalan, musiqa – tarvuz, yurak – traktor, qahramonlik – madaniy o‘g‘it 
tushunchalari o‘rtasida muhim umumiylik yo‘q. Shuning uchun ularni 
52


taqqoslab bo‘lmaydi. Mantiq fani esa faqat taqqoslanadigan 
tushunchalarni o‘rganadi.
Taqqoslanadigan tushunchalar hajmiga ko‘ra sig‘ishadigan va 
sig‘ishmaydigan tushunchalarga bo‘linadi. 
Sig‘ishadigan tushunchalar o‘zaro teng ma’noli, tobelik va 
kesishganlik munosabatida bo‘ladi.
1) teng ma’noli (ayniyat) munosabatlar. Hajmlari bir-biriga to‘la teng 
keladigan tushunchalar ayniyat munosabatidagi teng ma’noli 
tushunchalardir. 
Ayniyat munosabatidagi tushunchalar mazmun jihatidan aynan bir 
predmetni turli tomondan ifodalaydi. Masalan, O‘zbekiston poytaxti bilan 
O‘rta Osiyodagi eng katta shahar tushunchalarining o‘rtasida ayniyat 
munosabati bor. Chunki har ikkala tushunchada ham bir obyekt – 
«Toshkent shahri» ifodalanayapti. 
Hajmlari teng, biroq mazmuni har xil bo‘lgan tushunchalar o‘rtasidagi 
munosabat ayniyat munosabatidir.
Ayniyat munosabati Eyler doirasida quyidagicha ifodalanadi: 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin