yolg‘on, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi. Nozidlik qonuni
qarama-qarshi va o‘zaro zid munosabatdagi
hukmlarda amal qilib, birining
albatta yolg‘on ekanligini bildiradi. Ikkinchi hukm haqidagi fikr esa ochiq
qoladi, ya’ni u ham, chin ham yolg‘on bo‘lishi mumkin.
Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidan farqli ravishda faqat
o‘zaro zid munosabatdagi hukmlarda amal qiladi va «A – A yoki A emas»
formulasida ifodalanadi. Mazkur qonunning harfiy ifodasi «A \/ Ā», ya’ni
«A yoki Ā emas», deb ham o‘qiladi. Bu yerda A – har qanday hukm, Ā –
uning inkori, V–dizyunksiya belgisi bo‘lib, mantiqiy bog‘lovchi «yoki» ni
ifodalaydi. Nozidlik qonuni singari uchinchisi
istisno qonuni ham fikrlash
jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni, izchillikni ifodalaydi.
Ma’lumki, zid munosabatlardagi hukmlarning birida muayyan
ko‘plikdagi narsa yoxud hodisa tasdiqlansa (yoki inkor etilsa), boshqa
birida mazkur ko‘plikning ayrim qismigina inkor (yoki tasdiq) etiladi. Bu
hukmlar bir vaqtda ham chin ham yolg‘on bo‘la olmaydi, agar ulardan biri
chin bo‘lsa, ikkinchisi yolg‘on va aksincha, biri yolg‘on bo‘lsa, ikkinchisi
chin bo‘ladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 25-moddasida
ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi erkinlik
va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega», degan hukm chin bo‘lsa,
«O‘zbekiston Respublikasining ba’zi bir fuqarolari erkinlik va shaxsiy
daxlsizlik huquqiga ega emas», degan hukm yolg‘on. Shuningdek, zid
munosabatlar bir-birini inkor etuvchi (birida tasdiqlansa,
ikkinchisida
inkor etuvchi) ikki hukm o‘rtasida ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Bunday holda hukmlarning biri albatta chin, ikkinchisi yolg‘on bo‘ladi.
Masalan, «Muassasa xizmatchisi Salimov ma’muriy javobgarlikka
tortilgan» va «Muassasa xizmatchisi Salimov ma’muriy javobgarlikka
tortilmagan». Mazkur misolda Salimovning ma’muriy javobgarlikka
tortilganligi haqidagi hukm chin bo‘lsa, u holda
uni inkor etuvchi hukm
yolg‘on bo‘lib chiqadi.
Demak, uchinchisi istisno qonuniga asosan ikki zid hukm nafaqat bir
vaqtda chin bo‘la olmaydi (nozidlik qonunida ifodalanganidek), balki bir
vaqtning o‘zida yolg‘on ham bo‘la olmas ekan. Ya’ni hukmlarning biri
yolg‘on bo‘lganda, ikkinchisi muqarrar ravishda chin bo‘ladi, uchinchi
yechimga o‘rin qolmaydi. Uchinchisi istisno qonuni masalaning qat’iy
yechimi talab etiladigan yuridik amaliyotda muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqshunos xulosasida masalaning
oraliq yoki mavhum yechimi
bo‘lmaydi, ya’ni ayblanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi aniqlanishi
zarur.
43
Zid hukmlarning birida qaysidir belgi tasdiqlansa, boshqasida xuddi
shu belgi inkor etiladi. Bu hukmlar bir vaqtning o‘zida ham chin, ham
yolg‘on bo‘lishi
mumkin emas, biri chin bo‘lsa, ikkinchisi yolg‘on.
Masalan, «O‘zbekistonning har bir fuqarosi bilim olish huquqiga ega»
(chin), «Ba’zi O‘zbekiston fuqarolari bilim olish huquqiga ega emas»
(yolg‘on).
Uchinchisi istisno qonuni muayyan bir masala qo‘yilganda «ha» yoki
«yo‘q» degan aniq javobni talab etib, qandaydir oraliq, amaliyotda
yechilishi mumkin yoki mavjud bo‘lmagan javoblarni inkor etadi. Shu
bilan birga, uchinchisi istisno qonuni berilgan hukmlarning qaysi biri chin
ekanligini belgilamaydi.
Chunki
hukmning chinligi, ya’ni voqelikka mos kelish-kelmasligi
amaliyotda aniqlanadi. Qonunning ahamiyati haqiqatni topishga yo‘nalish
berishidadir. Masalaning yechimi ikki xil bo‘lishi mumkin, faqat ulardan
biri chin bo‘lishi zarur. Bu qonun masalaning aniq yechimini talab
etadigan huquqiy amaliyot uchun juda ahamiyatlidir. Huquqshunos ishni
albatta «yoki – yoki»
ifodasi orqali, ya’ni yo aybdor, yo aybdor emas
shaklida yechishi lozim.
Dostları ilə paylaş: