ochib beruvchi ilg‘or ta’limot sifatida ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, ushbu
tizimdagi butun olam rivojlanishining ibtidosini ilohiylashgan «mutlaq
ruh» bilan bog‘lashlik Gegel dialektikasidagi idealistik cheklanganlikni
ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, Gegel o‘z ta’limotidagi butun olam
harakatining ichki bog‘lanishlarini ochib beruvchi rivojlanish g‘oyasini
mantiq ilmiga tatbiq qilishga harakat qiladi va shu tariqa «dialektik
mantiq» deb nom olgan yangi yo‘nalishning nazariy asoslarini yaratishga
muvaffaq bo‘ladi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, an’anaviy mantiqqa
matematik metodlarning kirib kelishi bilan mantiq ilmi o‘z rivojining
yangi bosqichiga ko‘tarildi. Maydonda mantiqning matematik mantiq,
konstruktiv mantiq, modal mantiq, intuitiv mantiq, munosabatlar mantig‘i
hamda ehtimollar mantig‘i kabi tarmoqlari paydo bo‘la bordi. Bu davrda
Jorj Bul, David Gilbert, Bertran Rassel, Yan Lukasevich va Alfred Tarskiy
kabi mutafakkirlar o‘z asarlarida hozirgi zamon fan taraqqiyotini aks
ettiruvchi mantiqning yangi tarmoqlarini yaratishga va rivojlantirishga
muvaffaq bo‘lishdi.
Dostları ilə paylaş: