Bundan tashqari, Leybnis cheksiz ko‘p fikrlardan hajm jihatdan
kichikroq, lekin mazmuniga ko‘ra kengroq bo‘lgan tushunchalarga
borishni haqiqatga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li deb biladi. Shu o‘rinda
geometriyadagi barcha harakatdagi nuqtalarning faqat ikkita – to‘g‘ri va
aylana harakatlardagina namoyon bo‘lishini misol qilib ko‘rsatadi.
Leybnis «Kombinatorlik san’ati haqida» asarida (1666 yil) hozirgi
zamon matematik mantig‘ining asoslarini yaratadi. Bu kitobda matematika
deduksiyaning turli xil shakllarini o‘zida mujassamlashtira oluvchi, eng
optimal fan sifatida qaraladi. Leybnitsning fikricha, matematikada
raqamlar oddiy arifmetik birliklarni emas, balki turli xil miqdoriy va
sifatiy kattaliklar o‘rtasidagi munosabatlarni ham aks ettiradi.
Leybnitsning mantiqiy tizimida tafakkur qonunlari haqidagi
ta’limotlar asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Birinchi o‘rinda ayniyat va
ziddiyatlik qonuni turadi. Leybnis barcha mantiqiy qonunlarning ontologik
ta’riflarini berishga muvaffaq bo‘ladi. Masalan, ayniyat qonunini «Har
qanday narsa, u nimaiki bo‘lishidan qat’iy nazar, aynan o‘ziga tengdir»
deb ta’riflab, quyidagi formulani taqdim etadi: «A – A dir», «V – V dir»
13
.
Mazkur formulada «A» va «V» muayyan narsani, chiziqcha esa tenglikni
anglatadi. Shuningdek, Leybnis narsaning ayni vaqtning o‘zida, ham
mavjud bo‘lishi, ham mavjud bo‘lmasligi mumkin emasligini «ziddiyat
qonuni» deb ataydi. Bundan tashqari, Leybnis o‘zining mantiqiy tizimida
ziddiyat qonuni bilan birgalikda «uchinchisini istisno» qonuni haqida ham
gapiradi. Eng asosiysi, Leybnis mantiqning to‘rtinchi qonuni sifatida
«yetarlicha asos» qonunini yaratish tufayli fan tarixida alohida iz
qoldiradi.
Mantiq fanining rivojida yana bir nemis mutafakkiri Immanuil
Kantning (1724-1804) ham roli katta. Kantning asosiy asarlari sifatida
«Sof aql tanqidi», «Mantiq tushunchasi haqida» nomli kitoblarini
keltirishimiz mumkin. Bu asarlarda I. Kantning falsafiy va mantiqiy
tizimining nazariy asoslari o‘z aksini topadi. Jumladan, «Sof aql tanqidi»
asarida Kant falsafiy agnostisizmning asosiy g‘oyasini ifodalovchi «narsa
o‘zida» tezisining mohiyatini, ya’ni inson aqli hech qachon narsalarning
ichki qonuniyatlarini zabt eta olmasligini, narsalar esa o‘z mohiyati bilan
doimo o‘zida qolishini isbotlashga harakat qiladi.
I. Kant «Mantiq tushunchasi haqida» asarida mantiqning fan sifatidagi
o‘rganish obyekti va predmeti, oldida turgan vazifalari haqidagi fikrlarni
ilgari suradi. Kantning fikricha, mantiq – to‘g‘ri fikrlashning qonun-qoida
13
Dostları ilə paylaş: