P – Taqsimlanmagan
Boshqa
bir misolni olaylik. «Ba’zi o‘qituvchilar professorlardir»
desak, bunda S to‘liq olinmagan, taqsimlanmagan, R esa to‘liq olingan va
taqsimlangan. Uning sxemasi quyidagicha:
S – Taqsimlanmagan
P – Taqsimlangan
O – juz’iy inkor hukmi «Ba’zi S – R emas» tuzilishiga ega. S ning bir
qismi R ni butunlay inkor qiladi. Demak, bu hukmda S to‘liq olinmagan
va taqsimlanmagan, R esa hamma vaqt taqsimlangan bo‘ladi. Masalan,
«Hayvonlarning ba’zilari yirtqich emas». Bunda hamma hayvonlar emas,
balki ayrim hayvonlar olinmoqda (S), «yirtqich emas» (R) esa yirtqich
bo‘lmaganlarning barchasi subyektda ifodalangan, ba’zi hayvonlarning
guruhiga kirmaydi. Demak, juz’iy inkor hukmda S taqsimlanmagan, R esa
taqsimlangan bo‘ladi. Uning sxemasi
quyidagicha
:
S – Taqsimlanmagan
P – Taqsimlangan
Dostları ilə paylaş: