O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

3. Murakkab hukm va uning turlari 
Biz yuqorida oddiy hukmlarning tuzilishini ko‘rib chiqdik. Oddiy 
hukmlarning bo‘laklari S – P kabi terminlardan tashkil topsa, murakkab 
hukmning bo‘laklarini oddiy hukmlar tashkil qiladi. 
Ikki va undan ortiq sodda hukmlardan mantiqiy bog‘lovchilar 
vositasida paydo bo‘ladigan hukmlar murakkab hukmlar deb ataladi. 
«va» (/\ ), «yoki» (\/), «agar ... u holda» ( → ) va boshqalar hukmlar 
o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydigan mantiqiy bog‘lovchi vazifasini 
bajaradilar. 
Shunga ko‘ra, murakkab hukmlar konyunktiv (bog‘lovchi), 
dizyunktiv (ajratuvchi) va shartli hukmlarga bo‘linadi. 
Konyunktiv (birlashtiruvchi) hukmda bir necha sodda hukmlar «va» 
(/\) bog‘lovchisi orqali murakkab hukmni hosil qiladi. Masalan, «Ota-
onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga 
majburdirlar», «Alisher Navoiy – buyuk mutafakkir va yirik davlat 
arbobi». Bu ikki hukm «va» mantiqiy bog‘lovchisi orqali murakkab 
hukmni tashkil etmoqda. Uning formulasi S – R va R dir. Ba’zida «va» 
mantiqiy bog‘lovchisi bir necha hukmlarni bog‘lashi mumkin. 
67


Birlashtiruvchi (konyunktiv) hukmda hamma sodda hukmlar chin 
(to‘g‘ri) bo‘ladi, agar ulardan birontasi xato (yolg‘on) bo‘lsa, boshqalari 
ham xato bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi xato yoki to‘g‘rilik (chinlik) 
munosabatlarini quyidagi jadvalda ko‘rsatish mumkin. 


A /\ V
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
xato – 0
xato – 0
xato – 0
to‘g‘ri – 1 
xato – 0
xato – 0
xato – 0
xato – 0
Jadvalda ko‘rinib turganidek, agar birlashtiruvchi hukmda birorta 
hukm xato bo‘lsa, boshqa hukmlar ham xato bo‘ladi. Shuning uchun 
birlashtiruvchi (konyunktiv) fikr barcha qismlarning to‘g‘ri bo‘lishini 
talab qiladi. Bu hukm kundalik hayotda, ilmiy ishlarda va Ichki ishlar 
organlari xodimlarining faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, 
jinoyatni ochish jarayonida guvoh yoki jinoyatda gumon qilinayotgan 
shaxs ma’lum hodisani bayon etishda bir necha hukmlarni keltirsa va 
ulardan birontasi xato bo‘lsa, shu hodisani ifodalovchi boshqa hukmlar 
ham xato bo‘ladi. 
Ajratuvchi hukm (dizyunksiya) ikki va undan ortiq sodda hukmlarni 
«yo», «yoki» (V) mantiqiy bog‘lovchilari yordamida birlashtirish 
natijasida paydo bo‘ladi. Masalan, «Qonunni buzgan shaxs jinoiy yoki 
ma’muriy javobgarlikka tortiladi». Mantiqiy bog‘lovchi «yoki» mantiq 
ilmida ikki xil ma’noda, ajratuvchi va birlashtiruvchi ma’nolarda 
ishlatiladi.
«Yoki» bog‘lovchisi qat’iy ajratuvchi ma’nosida ishlatilganda, 
hukmlarning biri albatta to‘g‘ri bo‘lsa, ikkinchisi xato bo‘ladi. Ikkalasi 
birdaniga xato bo‘lsa unda qat’iy ajratuvchi hukm ham xato bo‘ladi. 
Masalan, «Jinoyatchi Toshmatov jabrlanuvchini yo o‘ldirgan, yo 
o‘ldirmagan». Misolda jinoyatchi Toshmatov ikki belgidan (jinoiy xatti-
harakatdan) biriga ega ekanligi qayd etiladi. Mazkur belgining biri 
ikkinchisini inkor etadi. 
Qat’iy ajratuvchi «yoki» bog‘lovchisi (V) bilan belgilanadi. Uning 
xato yoki to‘g‘riligini quyidagi jadvalda ko‘rsatish mumkin. 
A V 
AVV 
to‘g‘ri – 1 
to‘g‘ri – 1 
to‘g‘ri – 1 
to‘g‘ri – 1 
xato – 0 
to‘g‘ri – 1 
68


xato – 0 
to‘g‘ri – 1 
to‘g‘ri – 1 
xato – 0 
xato – 0 
xato – 0 
Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, hukmlarning birortasi to‘g‘ri bo‘lib, 
ikkinchisi xato bo‘lgan taqdirdagina hukm to‘g‘ri bo‘ladi. Ikkalasi 
birdaniga to‘g‘ri yoki xato bo‘lsa, hukm xato bo‘ladi.
Shartli 
hukm murakkab hukm bo‘lib, uning chinligi ma’lum shart 
asosida namoyon bo‘ladi. Bu hukmlar «Agar ..., u holda» (→) mantiqiy 
bog‘lovchisi orqali bog‘lanadi. Misol, «Agar qurollangan jinoyatchi 
qurolini tashlamasa, unda unga nisbatan qurol ishlatish mumkin». Shartli 
hukm ikki qismdan iborat bo‘lib, bulardan biri shart qo‘yadi. Mana shu 
shartni bajarish natijasida hukm haqiqatga aylanadi. Shart qo‘ygan qism 
«asos», shu shart asosida hosil bo‘ladigan hukm «natija» deb ataladi. 
Uning formulasi quyidagicha: «Agar S – R bo‘lsa, S – R bo‘ladi, ya’ni 
agar «a» bo‘lsa, «v» bo‘ladi. 
A V 
A→V
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
xato – 0 
xato – 0 
xato – 0 
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
xato – 0 
xato – 0 
to‘g‘ri – 1
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, natija to‘g‘ri bo‘lganda a--v hukm to‘g‘ri 
bo‘ladi. Ikkalasi xato bo‘lganda ham a--v hukm to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. 
Ekvivalent yoki teng hajmli murakkab hukm. Ekvivalensiyada buyum 
to‘g‘risida mulohazalar bildirilgan hukmlarning har biri chin yoki yolg‘on 
bo‘lsa, chin yoki yolg‘on bo‘ladi. Uning formulasi a≡v dirMazkur ifoda 
«a≡v «faqat va faqat» «a» bilan «v» bir vaqtning o‘zida chin yoki yolg‘on 
bo‘lgandagina haqiqiydir» deb o‘qiladi. Ekvivalent hukmlar turli 
mazmunni bildirsa ham bir predmetni ifodalaydi. Masalan, 
«O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» risolasining muallifi 
«O‘zbekiston buyuk kelajak sari» asarining ham muallifidir. Har ikki 
hukmda ham O‘zbekiston Prezidenti I. 
A. 
Karimov to‘g‘risida fikr 
yuritilmoqda. Uning xato yoki to‘g‘riligini quyidagi jadvalda ko‘rish 
mumkin.
A V 

≡ V
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
to‘g‘ri – 1
xato – 0 
xato – 0 
xato – 0 
to‘g‘ri – 1
xato – 0 
xato – 0 
xato – 0 
to‘g‘ri – 1
69



Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin