MALAKAVIY AMALIYOT MAZMUNI
Malakaviy amaliyot – kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
60110200- Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
DTS talabiga muvofiq
malakaviy amaliyot deb nomlanadi. Talaba ushbu amaliyot davomida
maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini har tomonlama o‘rganish
va tahlil qilish,
shuningdek turli mazmundagi metodik ish shakllarini, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi
va uslubiyotchilarning ish
faoliyatini kuzatadi va o‘rganadi.
Malakaviy amaliyot jarayonida talabaning ta’lim standartlarida belgilangan
kasbiy amaliyot ko‘nikmalariga bosqichma-bosqich erishish ko‘zda tutilgan.
Mazkur amaliyot jarayonida talaba tarbiyachi
va uslubiyotchining ijtimoiy,
iqtisodiy, huquqiy, psixologik,
pedagogik, gigienik va boshqa tomonlarini
o‘rganadi.
Malakaviy amaliyotga birinchi kurs o‘quv rejasidagi fanlarni to‘liq
o‘zlashtirgan talaba ruxsat etiladi va Institut rektori buyrug‘iga muvofiq amaliyotni
ko‘rsatilgan manzil va muddatda o‘taydilar. Malakaviy
amaliyot soatlarini
quyidagi dastur asosida bajaradi va talab darajasida hisobot tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: