Amaliyotga o‘z vaqtida borishi, berilgan vazifa va topshiriqlarni og‘ishmay
bajarishi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ichki tartib qoidalariga to‘la rioya qilishi va
maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi bilan
hamkorlikda ishlashi va
muloqatda bo‘lishi lozim.
Sababli amaliyotga bora olmasa amaliyot rahbari va MTT tarbiyachisini
oldindan ogohlantirish.
Ish vaqtida bolalarni nazoratsiz, yolg‘iz qoldirmaslik, doimo bolalar
oldida
bo‘lishi.
Kafedra o‘qituvchilari va amaliyot rahbari bilan uzviy aloqada bo‘lishlari.
Amaliyot bo‘yicha ish hujjatlarini, ko‘rgazmali
qurollarni belgilangan
vaqtda kafedraga topshirish.
Izox;
Amaliyotdan baholanmagan talabalar sessiyaga kiritilmaydi
.
Malakaviy amaliyotni tashkil etishga qo‘yiladigan
talablar.
Amaliyotlar bakalavriat ta’lim dasturining majburiy qismi hisoblanadi.
Amaliyotlar o‘quv, tanishuv va pedagogik amaliyotlar shaklida bo‘lib,
talabalarning kasbiy amaliy tayyorlanganligiga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi,
bakalavrlar tayyorlashning ta’lim dasturi-o‘quv
-tanishuv, pedagogik va bitiruv
oldi amaliyotlarini o‘z ichiga oladi.
Malakaviy amaliyoti o‘tkazilganda-talabalar, ta’lim tashkiloti bilan
umumiy tarzda tanishadilar. Umumta’lim va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy
bilimlarini mustahkamlashni nazoratda tutadi. Amaliyot
natijasi va hisoboti
baholash mezonlari asosida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: