Dastur
Malakaviy
amaliyot
davrida
amaliyotchi
amaliyot
o‘qituvchilari
rahbarligida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiyaviy jarayonning turli
tomonlarini kuzatadilar,
tahlil qiladilar, guruhlarda amalga oshiriladigan o‘quv-
tarbiyaviy ishlar rejasini o‘rganadilar.
Malakaviy amaliyot – talabalarning fanlardan egallagan
nazariy bilimlarini
mustahkamlab va chuqurlashtiribgina qolmay, balki
ularda zaruriy pedagogik
malaka va ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.
Malakaviy amaliyot – bu o‘zaro bog‘liqlikni chuqurlashtiradi
va talabaga
nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, boshlang‘ich pedagogik tajriba orttirish
imkonini beradi.
Malakaviy amaliyot davomida Bakalavr:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini har tomonlama o‘rganish
va tahlil
qilish, shuningdek turli mazmundagi metodik ish shakllarini,
direktor va katta
tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik ish uslublari bilan
yaqindan tanishish
malakasini hosil qilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Malakaviy amaliyotning vazifalari
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonda bolalar hayotini
guruhlarda tashkil etishni
kuzatish va tahlil qilishga o‘rgatish.
“Ilk qadam” tayanch dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya ishlarni
rejalashtirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash
ishlarini tashkil etishga
o‘rgatish.
Amaliyotchi talabaning ish rejasi
MTT bilan tanishish.
Biriktirilgan guruhni kuzatish va o‘rganish.
Tarbiyachining ish hujjatlarini o‘rganish.
MTT uslubchisining ish hujjatlarini o`rganish
MTT psixologi ish hujjatlarini o`rganish
Mashg‘ulot jarayonlarining tashkil etilishini kuzatish.
Dostları ilə paylaş: