Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malakaviy amaliyotni tashkil etish Talabalar malakaviy amaliyot davrida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoiti, joylashishi, hamda pedagogik jamoasi
va boshqa xizmatchilar bilan tanishish.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlari bilan tanishish, guruhlarga taqsimlash
va tarbiyachilarga biriktirish.
Talabalar biriktirilgan guruhlarning bolalari, ularning ota-onalari bilan
tanishadilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini kuzatadilar va tahlil
qiladilar
Tarbiyachilarning ishlarini kuzatadilar
Bolalar jamoasini, ularning taraqqiyot tarbiyalanganlik darajalarini, individual
yakka-yakka xususiyatlarini o‘rganadilar.
Guruhlardagi bolalarni joylashtirilishi, guruh jihozlanishini kuzatadilar
Bolalar jamoasi bilan tanishadilar
Kundalik daftarga pedagogik jarayonlar hisobotini yozib borish;
Katta tarbiyachi ishi, ish hujjatlari, metodik xonani jihozlanishi bilan tanishish;
Yakuniy konferensiya uchun ko‘rgazmali materiallar va ish hujjatlari
tayyorlaydilar.
Talabalar malakaviy amaliyot davrida: Tarbiyachilar bilan guruhdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarni kuzatadilar, tahlil va
muhokama qiladilar.
Ularning «Maktabgacha ta’lim tashkiloti»da ta’lim-tarbiya dasturi
talablariga muvaffiqligi haqida qisqa yozma xulosa tuzadilar.
Guruhlarda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va ularni hisobga olishi ish
shakllari bilan, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va katta
tarbiyachisining ishi bilan ham tanishadilar.
Kun tartibini kuzatish (kundalik jarayonlarning mazmuni, tuzilishi va
davomiyligi).
Kundalik jarayonning taqsimlanishi va bajarilishi.
Bolalarning faol bedorligini ta’minlovchi sharoitlarni kuzatish.
Tarbiyachining kun tartibini tashkil etishga karatadigan faoliyatini kuzatish,
o‘rganish.
Bedorlik jarayonida bolalarning o‘z qobiliyatlarini ko‘rsata olishlarini
kuzatish, o‘rganish.
Uslubchi, tarbiyachi, enaga, tibbiyot hamshirasi tomonidan olib boriladigan
ishlar mazmunini o‘zaro aloqadorligini o‘rganadilar.