O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma huquqida Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix17.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#115185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
415760 (1)

Mavzuning dolzarbligi. Ona yurtimiz O`zbekistonning mustaqillikka 
erishuvi milliy madaniyatimizning ajralmas bo`lagi bo`lgan matbuotimiz tarixining 
hali noma`lum sahifalarini tiklash uchun imkon yaratdi. O`zbekiston matbuoti 
taraqqiyotining 1917 yilgacha bo`lgan davri Turkistonda mustamlaka rus hukumati
hukmronligi davrida, so`ng 1991 yilgacha bo`lgan davri sho`ro tuzumi sharoitida 
kechdi. Hozirga qadar tadqiqotchilar tomonidan matbuotimiz tarixini yorituvchi 
talaygina maqola, risola va kitoblar yaratilgan. Biroq, ularning aksariyati sovet 
hokimiyati sharoitidagi hukmron kommunistik mafkura talablari asosida 
yozilganligi sababli, ko`p hollarda matbuotimizning taraqqiyot yo`li haqida xolis 
tasavvur bera olmaydi. Turkiston matbuoti tarixining xususiyati shundaki, bu 
hududda matbuot Yevropa va Osiyodagi ko`p mamlakatlardagiga nisbatan ancha 
kech tashkil topdi va taraqqiy etdi. Bu yerda gazetachilik Turkistonni XIX asrning 
60-yillarida qurol kuchi bilan bosib olgan rus mustamlakachi hukmdorlari 
rahnamoligida vujudga keldi va rivojlana boshladi. 1870 yilda Toshkentda tashkil 
1
Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Шарқ, 1999. – Б. 7. 



topgan “Turkestanskie vedomosti” va “Turkiston viloyatining gazeti” gazetalari 
O`rta Osiyodagi davriy matbuotning to`ng’ich na`munalari hisoblanib, ularning har 
ikkisi ham 1917 yilga qadar nashr qilingan
1

Turkiston matbuoti tarixida bu gazetalar kabi uzoq muddat davomida 
uzluksiz chiqqan boshqa davriy nashr bo`lgan emas. Bu gazetalar mustamlakachi 
ruslarning Turkiston ma`muriyati mablag’i hisobidan nashr qilinib, shu 
ma`muriyatning rus va o`zbek tilidagi rasmiy matbuot nashri vazifasini o`tagan va 
o`lkada mustamlakachilik siyosatini o`tkazish vositasi bo`lib xizmat qilgan.
Birinchi rus inqilobi ( 1905–1907 ) dan so`ng rus hukumati sarosimaga tushib 
qoldi va matbuot sohasida biroz yon berishga majbur bo`ldi. Ilg’or musulmon 
ziyolilari bu vaziyatdan foydalanib, davriy nashrlar chiqarish to`g’risida 
ruxsatnoma olishga erishadilar. Shunday qilib, avval Toshkentda, keyinroq 
Samarqand, Qo`qon va Buxoroda birin–ketin ijtimoiy–siyosiy va adabiy 
mazmundagi bir qator o`zbek tilidagi davriy nashrlar paydo bo`ldi. Ularning 
tashkilotchilari, muharrir va mualliflari XIX asr oxiri XX asr boshlarida 
Turkistonda ma`rifatchilik zamirida yuzaga kelgan jadidchilik harakatining 
mafkurachilari bo`lishdi. Jadidlar rus istilochilari va mahalliy mustabidlar tazyiqi 
ostida qolgan Turkiston o`lkasini savodli, ma`rifatli, taraqqiyotga erishgan, obod 
yurtga aylantirish orzusi bilan yashadilar va matbuotni shu orzuga erishish 
yo`lidagi qudratli vosita deb bildilar. Turkiston jadidlarining yetakchi 
namoyondalari Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, 
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar taraqqiyparvar yo`nalishdagi o`zbek 
matbuotini shakllantirishga juda katta hissa qo`shdilar.
1917 yil fevralidagi rus inqilobidan so`ng Turkistonda o`lka hayotini 
demokratik asosda yangilash talabi bilan chiqqan qator milliy, yangi davriy 
nashrlar paydo bo`ldi. Milliy harakatni avj oldirishda, o`zbek xalqining ijtimoiy-
siyosiy faolligini milliy istiqlol uchun kurashga yo`naltirishda shu yili tashkil 
1
Абдуазизова Н.А. Туркистон матбуоти тарихи (1870 – 1917 йй.). – Т.: Академия, 2000. – Б. 45. 



etilgan “Najot”, “Turk eli”, “Turon”, “Ulug’ Turkiston”, “Hurriyat”, “El bayrog’i” 
gazetalari va “Oyna”, “Yurt”, “Chayon” jurnallarining xizmatlari katta bo`ldi
1
.
Mazkur nashrlar ham asosan Turkistondagi jadidchilik harakatining faol 
namoyondalari tashabbusi bilan yuzaga keldi va ularning ijodiy hamkorligida 
faoliyat ko`rsatdi. Shuni alohida qayd etish joizki, sovet tuzumi davrida jadidchilik 
harakatining o`zbek xalqi ijtimoiy–siyosiy va madaniy hayotidagi ahamiyati tarixiy 
haqiqatga zid ravishda buzib talqin qilindi. Shuning uchun bugungi kunda
Turkiston matbuoti tarixini xolisona, tarixiy izchillik nuqtai nazaridan o`rganish 
juda ham muhim va biz tarixchilar oldida turgan dolzarb muommolardan biri 
hisoblanadi. Yurtimizning mustaqilligi tufayli biz endilikda tarixiy merosimizni 
haqqoniy o`rganishga va baholash imkoniyatiga ega bo`ldik. Mustaqil O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashi 1993 yilda “Taraqqiy” gazetasining birinchi soni 
chiqqan 27 iyun sanasini o`zbek matbuotchilarining kasb bayrami sifatida 
nishonlash to`g’risida maxsus qaror qabul qildi. Bu milliy matbuotimizning 
xalqimiz ravnaqidagi beqiyos xizmatiga berilgan munosib bahodir.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin